YaNGI TAHRIRDAGI “ODAM SAVDOSIGA QARShI KURAShISh TOʻGʻRISIDA”GI QONUN MAZMUNI TUShUNTIRILDI
Tuman Tibbiyot birlashmasida yangi tahrirdagi “Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni mazmun-mohiyatini tushuntirish va bu boʻyicha amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlarni belgilab olish maqsadida yigʻilish oʻtkazildi.
Tuman Ichki ishlar boʻlimi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan ushbu yigʻilishda Odam savdosiga qarshi kurashni amalga oshiruvchi davlat organlari qatoriga Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ham qoʻshilgani, sababi xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirish jarayonida zoʻravonlikka, majburiy mehnat va kamsitishga, mehnat va boshqa huquqlari buzilishga duchor etilgan, shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz, tirikchilik uchun mablagʻlarsiz qolgan fuqarolarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinishi yangi tahrirdagi Qonunda qatʼiy belgilangani toʻgʻrisida soʻz yuritildi. Shuningdek, ularga ijtimoiy yordam koʻrsatish, odam savdosida jabrlanganlarni ishga joylashtirish tartibi tushuntirildi.
Undan tashqari, hozirgi vaqtda odam savdosining jirkanch koʻrinishlaridan biri boʻlgan “chaqaloq savdosi” keyingi paytlarda joylarda koʻp sodir boʻlayotgani, bu ogʻir jinoyatlar qatoriga kirishi haqida ham toʻxtaldi. Birinchi navbatda ushbu jinoyatning oldini olish maqsadida yangi tugʻilgan chaqaloqlarni tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi boʻlmagan taqdirda tugʻruqxonadan chiqarmaslik, tugʻish vaqti yetgan homilador ayollar muassasaga kelganidan, uning yaqinlariga bola tugʻilgandan soʻng amalga oshirilishi lozim boʻlgan huquqiy harakatlar toʻgʻrisida kechiktirmasdan tushuntirishlar berish choralarini koʻrish haqida ham soʻz yuritildi. Odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurash Milliy komissiyasining hududlardagi kichik komissiyalari tomonidan amalga oshiriladigan hamkorlikdagi ishlarning 2021-yil uchun ish-rejasini ishlab chiqish lozimligi ham taʼkidlandi.
Yigilish davomida tuman Tibbiyot birlashmasining koʻp tarmoqli Markaziy poliklinikasi Narkologiya boʻlimi shifokori B.Chorshamov, tuman IIB HPB profilaktika inspektori Sh.Hamroyevlar soʻzga chiqib, ushbu yoʻnalishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar toʻgʻrisida oʻzining fikr va mulohazalarini bildirdi.
Yiigʻilishda shu hamda boshqa yoʻnalishdagi savollariga atroflicha javoblar berildi.
U.Poʻlatov, tuman IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash guruhi xodimi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶