OChIQ DARS OʻQUVChILARGA MANZUR BOʻLDI
Butunjahon bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan 55-sonli maktabning 6-“B” sinfida “Men bolaman va mening ham huquqlarim bor” mavzusida ochiq dars tashkil qilindi. Bolalarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro va milliy qonunlar toʻgʻrisidagi bilimlarni, mamlakatda va dunyoda boʻlayotgan voqealarga daxldorlik tuygʻusini shakllantirish, oʻquvchilarning muloqotga kirishish faoliyatini, tanqidiy, mantiqiy va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishdan maqsadida oʻtkazilgan ushbu ochiq darsda oʻquvchilar juda faol ishtirok etdilar.

Dars jarayonida Oʻzbekiston Respublika Konstitutsiyasi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Bola huquqlari toʻgʻrisidagi Konventsiyalardagi bolalarga oid moddalardan tushuncha berib borildi. Dars jarayonida oʻquvchilarga turli xil interfaol usullardan foydalangan holda topshiriqlar berildi va shu boʻyicha bahs-munozaralar oʻtkazildi. Ayniqsa, oʻquvchilar bola sifatida qanday huquqlaringiz boʻlishini xohlaysiz, degan savolga oʻz dunyoqarashidan kelib chiqib, kutilmagan javoblarni berdilar.
Juda qiziqarli oʻtgan ochiq dars oʻquvchilarga manzur boʻldi va ular bilimlarini mustahkamlab oldilar.
Muhayyo TOIROVA, 55-maktabning ingliz tili fani oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶