14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 23:47
Fan va taʼlim 👁 224

TAʼLIM SOHASINI RIVOJLANTIRIShGA DOIR PREZIDENT FARMONI KENG JAMOATChILIK IShTIROKIDA OʻRGANILDI

TAʼLIM SOHASINI RIVOJLANTIRIShGA DOIR PREZIDENT FARMONI KENG JAMOATChILIK IShTIROKIDA OʻRGANILDI

Sharq donishmandlari “Ilm-maʼrifatsiz najot yoʻq va boʻlmagay ham” deganlarida nechogʻliq haq ekanliklarini bugungi kun misolida anglash mumkin. Shu yil 6-noyabrda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-son Farmoni qabul qilindi. Loyihasi dastlab keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilingan ushbu Farmonda taʼlim tizimini yanada takomillashtirish koʻzda tutilgan.

Muhokamaga qoʻyilgan “Mamlakatimiz taʼlim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni loyihasi aholi tomonidan juda iliq kutib olindi. Chunki, Farmon loyihasida mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish, yosh avlod egalarida zamonaviy bilim va koʻnikmalarni shakllantirish, taʼlimning uzviyligi va uzluksizligini taʼminlash borasida tizimli ishlarni olib borish koʻrsatilgan. Shuningdek, tizimni yangidan isloh qilish, mamlakatimizda taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini takomillashtirish jamiyatimizda oʻqituvchi va pedagog xodimlar, ilmiy va ijodkor ziyolilarga boʻlgan hurmat eʼtiborni yanada oshirish, taʼlim oluvchilarning kasbiy mahoratini rivojlantirish, tizimga xususiy sektor ishtirokini kengaytirish kabi ezgu maqsadlar aks ettirilgan.

Tumanimizda ham ushbu Farmon loyihasi boʻyicha joylarda targʻibot ishlari amalga oshirildi va uchrashuvlarda takliflar oʻrganildi.

Jumladan, “Qilichboy” saylov okrugida joylashgan 32-sonli maktab jamoalari va aholi bilan Farmon loyihasining mazmun va mohiyatini muhokama qilib, bildirilgan takliflarni yozib oldik. Shuningdek, Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi sessiyasida va tumandagi maktab rahbarlari bilan uchrashuvlarida bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqib, Joʻqorgʻi Kenges qarori loyihasiga oʻz takliflarimizni kiritdik.

Farmon loyihasining 3-bandi ikkinchi xatboshisida tayanch oʻquv rejasini takomillashtirish va umumiy haftalik oʻquv yuklamasini kamaytirish hamda oʻzaro uzviy bogʻliq fanlarni birlashtirish hisobiga ularning sonini optimallashtirish koʻrsatilgan. Bunda umumiy haftalik yuklamasini qisqartirish umumiy oʻrta taʼlim maktab oʻquvchilarining sinflar va fanlar kesimida tasdiqlangan davlat taʼlim standartlarini bajarishida muammolar yuzaga keladi. Shu sababli hozirgi tayanch oʻquv reja asosida haftalik oʻquv yuklamalarini saqlab qolishni taklif etdik.

Shuningdek, Farmon loyihasining 8-bandi ikkinchi xatboshida oʻquvchilari xalqaro fan olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan umumtaʼlim taʼlim muassasalari pedagoglariga toʻgʻridan-toʻgʻri oliy malaka toifasi berish belgilangan boʻlib, bunga qoʻshimcha fan olimpiadasining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan fan oʻqituvchilarining malaka toifalarini bir pogʻonaga koʻtarish taklifini kiritdik.

Shuni quvonch bilan alohida eʼtirof etishimiz kerakki, biz va keng jamoatchilik tomonidan bildirilgan ushbu takliflar inobatga olindi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 6-noyabr kungi “Oʻzbekistonning yangi taraqqiyot davrida taʼlim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-6108-son Farmonida qayd etildi. Oʻz navbatida bu bilan biz kabi taʼlim jonkuyarlari zimmasiga yanada kattaroq masʼuliyat yuklandi.
Biz ishonamizki, ushbu Farmon asosida sohadagi samaradorlik yanada ortishi taʼminlanadi.

S. Xoʻjamurodova, 40-sonli maktab direktori, Qoraqalpogʻistan Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019