KORRUPTsIYa TARAQQIYoTGA ĞOVDIR
Insonni qiyin ahvolga tuşiradigan, ruhan ezadigan holatlar içida eng oğiri adolatsizlik hisoblanadi. Prezidentimiz Ş.Mirziyoyev xalqimiz azaldan yuksak qadrlab keladigan adolat tuyğusini hayotimizda yanada keng qaror toptiriş birinçi darajali vazifa ekaniga alohida eʼtibor qaratmoqda.
Uning bir ildizi korruptsiya bilan boğliqdir. Çunki korruptsiya mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy sohalariga taʼsir etib, iqtisodiy sohada mamlakatning nazorat qiliş funktsiyasining susayişi, raqobat mexanizmlari işlamasligi, mulk huquqining poymol qilinişiga, tovar va xizmatlar baholarining oşişiga olib kelişi, ijtimoiy sohada xalqning sotsial tabaqalanişiga, qonun ustuvorligi printsipining obrösizlanişi, siyosiy sohada esa xalqning hukumatga işonçi yöqolişiga olib keladi.
Şu boisdan ham Özbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlarning samarali amalga oşişiga zamin yaratuvçi va korruptsiyaga qarşi kuraşiş mexanizmlarini özida aks ettirgan Özbekiston Respublikasining “Korruptsiyaga qarşi kuraşiş töğrisida” Qonuni qabul qilindi.
Mazkur qonun 34 moddadan iborat bölib, korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi. Korruptsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi davlat siyosati, davlat dasturlari va boşqa hujjatlar asosida amalga oşirilişi mumkinligi körsatilib, korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça faoliyatni bevosita amalga oşiruvçi davlat organlari Özbekiston Respublikasida Boş prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Içki işlar vazirligi, Adliya vazirligi va Boş prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallaştirişga qarşi kuraşiş departamenti masʼul hisoblanadi. Undan taşqari, korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça faoliyatni amalga oşiruvçi va unda iştirok etuvçi organlar hamda taşkilotlarning faoliyatini muvofiqlaştiriş uçun Korruptsiyaga qarşi kuraşiş böyiça respublika idoralararo komissiyasi taşkil etildi.
Taʼkidlaş joizki, korruptsiya kelib çiqişiga yöl qöymaslik, qonunlarning öz vaqtida ijro etilişini taʼminlaş, korruptsiyani keltirib çiqaruvçi holatlarning oldin oliş çoralarini köriş har bir davlat organining lavozimdagi şaxslari va fuqarolarning vazifasi bölişi kerak.
A.TURSUNBOYeV, tuman Davlat xizmatlari markazi boş mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶