19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 11:51
Jamiyat 👁 181

QURILIShDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILISh YuZASIDAN TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

QURILIShDA XAVFSIZLIK QOIDALARIGA AMAL QILISh YuZASIDAN TARGʻIBOT TADBIRLARI OʻTKAZILDI

Insonning tinch va xotirjam, emin-erkin yashashi uchun eng muhim va qulay sharoit uning xonadonidir. Shu bois, har bir kishi oʻz hayoti davomida hech boʻlmaganda bir marta imorat quradi. Albatta, qurilish-taʼmirlash ishlarini amalga oshirishda birinchi galda texnik xavfsizlik qoidalariga amal qilish, qurilishda ishlayotganlarining xavfsizligini taʼminlash muhim ahamiyatga ega.

Mangʻit shahrining Gulzor mahallasi hududida qad rostlayotgan 3 ta koʻp qavatli turar joy binosi qurilishida faoliyat yuritayotgan «Amudaryo maxsus qurilish» masʼuliyati cheklangan jamiyati quruvchilarining texnik xavfsizlik qoidalariga amal qilishi, elektr uskunalaridan foydalanishi hamda binolarda elektr, gaz payvandlash ishlarini qay darajada amalga oshirayotganlari oʻrganildi. Oʻrganishlar jarayonida yuqori qavatlarda taʼmirlash-pardozlash ishlarini olib borayotgan quruvchilarga baland havozalarga chiqib ishlaganda himoya kamarlaridan foydalanish, elektr uskunalarini payvandlash jarayonida u xonadan bu xonaga ichki elektr tarmoqlarini oʻtkazishda xavfsizlik qoidalariga amal qilish boʻyicha tushuntirishlar va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Oybek nomli mahalla hududida «Qiz ketgan maxsus qurilish» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan barpo etilayotgan 150-oʻrinli maktabgacha taʼlim tashkiloti binosi quruvchilarining amaliy ishlari ham koʻzdan kechirilib, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan «Qurilish ishlarida xavfsizlik qoidalariga eʼtiborli boʻling!» mavzusida tushuntirish-targʻibot ishlari olib borildi. Unda quruvchilarning har kuni ishni boshlashdan avval texnik xavfsizlik boʻyicha yoʻriqnomada belgilangan talablar yuzasidan sinovdan oʻtishi muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi. Ayniqsa, ichki elektr payvandlash ishlarini olib borayotganda simlarning ochiq qolishi koʻngilsiz oqibatlarga olib kelishi, elektr tokidan zararlanish aksariyat hollarda inson oʻlimiga sabab boʻlishi, ichki gaz tarmoqlarini asosiy tarmoqdan uzib, keyin payvandlashni bajarish zarurligi, aks holda yongʻin kelib chiqishi haqida keng tushuntirishlar berilib, har qanday holatda xavf-xatarning oldini olish baxtsiz hodisalar yuz bermasligi uchun eng muhim tadbir ekanligi amalda koʻrsatib berildi.

Tumanimizda har yili bir necha hududlarda koʻp qavatli uylar bunyod etilib, xalqimiz hayotiga koʻrk bagʻishlamoqda. Bunday koʻrkam imoratlarni bunyod etayotgan qurilish tashkilotlari ishchi-xizmatchilari, shuningdek, yollanma pudratchi-quruvchilarning xavfsizligini taʼminlash, ish jarayonida  texnik xavfsizlik qoidalariga amal qilishlariga alohida eʼtiborli boʻlish, ularga bu borada zarur yoʻl-yoʻriqlar va tushunchalar berish koʻngilsiz holatlarning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

B.Allabergenov, tuman FVB NTB boshligʻi, katta leytenant.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026