25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 14:47
Jamiyat 👁 160

TURMUShDA MUROSA BOʻLSA TOTUVLIK MUSTAHKAMLANADI

TURMUShDA MUROSA BOʻLSA TOTUVLIK MUSTAHKAMLANADI

Inson hayotiga mazmun beradigan, mehr-muhabbat, huzur-halovat topadigan maskan bu uning oʻz oilasidir. Oilani baxt makoniga aylantirish esa har kimning oʻziga bogʻliq.  Bu makonning tinch, fayzli, farzandlarning baxtli boʻlishida asosan er-xotinning har ikkisi ham oʻz burchlarini astoydil ado etishga intilishlari muhim sanaladi.

Yangi turmush boshlagan oilaning oyoqqa turib ketishiga esa har ikki tomondagi ota-onalarning koʻmagi kerak. Ular yoshlarga turmushda har xil vaziyatlar, hayot sinovlariga duch kelganda sabrli, bardoshli boʻlishni, bir-birini doim hurmat qilish, qadrlashni oʻrgatishsa yangi oila tobora mustahkamlanib boraveradi.

Nukus tumanida yashovchi Aysuluv (ismlar oʻzgartirilgan) ham Jenisbek bilan turmush qurganida bir olam orzular ogʻushida edi. Ammo turmushdagi sinovlarga sabr qilmadi. Shu xonadonning past-balandiga koʻnikish oʻrniga oʻzgalarning gaplariga quloq tutib, hayotini chigallashtirdi.  Bir farzandli boʻlguniga qadar shunday yashagan Aysuluv oxiri onasining uyiga qaytdi. Uyda ham turmushdan ajrashgan opasi, onasi uni yoʻlga solib qaytarmadi. Aksincha, ajrashishining tarafdori boʻlib, uni qoʻllab-quvvatlashdi. Oʻrtada farzand sarson boʻlishini, unga ota kerakligini oʻylashmadi. Ushbu mojarolar nevarasini koʻrishga uyga qaynonasi Mevagul kelganida yanada kattalashdi.

Nevarasini sogʻingan ayol alamini kelindan olib, ularga bir ikki achchiq gap gapirdi. Jahl otiga mingan  Aysuluvning opasi Marjon uni uydan haydab chiqardi. Shu orada janjal avjiga chiqib, Mevagulni eshikdan qanday itarib yuborganini bilmay qoldi. Muvozanatni yoʻqotgan ayol boʻsagʻadagi betonga boshi bilan yiqilib jarohatlandi. Ichkarida qolgan Aysuluv bilan onasi ham bu mojarodan qon bosimi oshib, hushlaridan ketar ahvolga tushgan edi.

Boshi jarohatlangan Mevagul shifoxonada davolanib chiqdi. Unga shikast yetkazgan Marjonga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining  109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Ota-bobolarimizdan kelayotgan murosayu-madora degan chiroyli tushuncha bor. Oilaviy hayotda, turmushda har qanday muammo oʻzaro maslahatlashib, gaplashib, tushuntirib, bir-birini eshitib, bir toʻxtamga kelinsa noxushliklar barham topadi. Shundagina oʻrtada totuvlik boʻladi va oilalar mustahkamlanadi.

Umida Orazboyeva, Nukus shahar IIO FMB  1-son IIB huzuridagi Tergov guruhi tergovchisi, mayor.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026