ONA TILIM OʻLMAYDI!
Har bir xalqning oʻz ona tili – ona Vatani kabi yagona va bebaho. Chunki ona tili xalqni – xalq, millatni – millat sifatida elaro tanitadi. Shuning uchun ham barcha xalqlar oʻz ona tilini ardoqlaydi.
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi butun mamlakatimiz boʻylab keng nishonlanganining boisi ham mana shunda. Mazkur sanaga bagʻishlab yaqinda bizning maktabimizda ham “Ona tilim oʻlmaydi” deb nomlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirni maktabimiz direktori M.Haybullayev ochdi va barchani til bayrami bilan qizgʻin qutladi. Notiq oʻz soʻzida Yusuf Xos Hojibning:
Tilingni avayla – omondir boshing,
Soʻzingni avayla – uzayar yoshing,
degan misralarini keltirib, har bir oʻquvchini oʻz ona tilini buzmasdan aniq, maʼnoli soʻzlashga, tilimizni hurmat etishga chaqirdi.
Shunday soʻng, 5-,6-sinflar oʻquvchilari ijrosida ona tilimizni ulugʻovchi sheʼrlar aytildi, 7-,8-sinflar oʻquvchilari ijrosida mavzuga doir sahna koʻrinishi namoyish etildi.
Maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari tashkillashtirgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir barchada ulkan taassurotlar qoldirdi.
Gulchehra QURBONBOYeVA, 1-sonli maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶