19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 11:51
Jamiyat 👁 335

YOʻL-TRANSPORT HODISASINING SABAB HAMDA OQIBATLARI MUHOKAMA QILINDI

YOʻL-TRANSPORT HODISASINING SABAB HAMDA OQIBATLARI MUHOKAMA QILINDI

25-oktyabr kuni Toʻlqin ovulida yoʻl-transport hodisasi muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yoʻl-transport hodisasining sabab va oqibatlari muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilishda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudayberganov, tuman prokurori oʻrinbosari Rahmon Sankiboyev, Ichki ishlar boʻlimining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi Dilshod Aminov hamda fuqarolar yigʻini raisi, oʻrinbosarlari, koʻcha boshchilari, hududda yashovchi aholi vakillari ishtirok etdilar.

Yigʻilishda joriy yilning 24-oktyabr kuni sodir etilgan yoʻl-transport hodisasi muhokama qilindi. Ushbu yoʻl-transport hodisasi 24-oktyabr kuni Choykoʻl ovulida yashovchi fuqaro tomonidan oʻzining nomida boʻlmagan avtomashinani ishonchnoma orqali boshqarib borayotganida boshqaruvni yoʻqotib, yoʻl chetidagi ariqqa tushib ketib agʻdarilganligi oqibatida sodir boʻlgani maʼlum qilindi. Mazkur yoʻl-transport hodisasi natijasida ushbu avtomashina ichida boʻlgan 6 nafar shaxs, shulardan 3 nafari voyaga yetmaganlar, turli xildagi ogʻir tan jarohatlarini olib, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli shifoxonaga keltirilgan. Shifoxonada ulardan bir nafari hushiga kelmasdan vafot etgan, 2 nafarining ahvoli ogʻir darajada deya tashxis qoʻyilgan.

Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ushbu ogʻir oqibatli hodisa yuzasidan oʻz mulohazalarini bildirar ekan, bu kabi ayanchli hodisalar fuqarolarimizning eʼtiborsizliklari natijasida kelib chiqayotganligini, avtotransport hodisalari sodir etilishining sabablarini chuqur tahlil qilish va ularni bartaraf qilish lozimligini, bunday holatlarning oldini olish boʻyicha profilaktik choralarni yanada kuchaytirish zarurligini taʼkidladi.

Chindan ham, belgilangan tezlikni oshirib yuborish, mast holda avtomashina boshqarish, texnika xavfsizligiga rioya qilmaslik kabi beparvoliklar natijasida roʻy beradigan hodisalar huquqbuzarlik holatlari hisoblanadi.

Yigʻilishda Ichki ishlar boʻlimining Davlat yoʻl harakati xavfsizligi boʻlinmasi boshligʻi Dilshod Aminov ushbu jinoyatning sodir etilish sabablari, uni keltirib chiqaruvchi omillar va oqibatlari haqida toʻxtalib oʻtdi. U oʻz soʻzida hozirgi vaqtda ruxsat etilmagan toʻy sayllariga chiqish, spirtli ichimliklar isteʼmol qilgan holda avtoulovni boshqarish, ayniqsa, yoshlarning tegishli hujjatlarsiz, yoʻl-harakati qoidalarini mukammal oʻrganmasdan transport vositasini boshqarayotganliklari sababli ayanchli avtohalokatlar roʻy berayotgani, oqibatda koʻplab insonlar hayotdan koʻz yumayotganini achinish bilan taʼkidladi.

Masʼullar tumanimiz hududida yoʻl-transport hodisalari bilan bogʻliq huquqbuzarliklar va jinoyatlar mototsikl haydovchilari tomonidan ham sodir etilayotgani, aksariyat hollarda velosiped haydovchilari yoʻl-transport hodisalari jabrlanuvchilari boʻlib qolayotganini ham taʼkidlashdi. Bunga asosan kechki paytda harakatlanayotgan velosipedlarda nur qaytaruvchi moslamalar oʻrnatilmaganligi, avtoulov haydovchilari ularni koʻrmay qolayotganliklari sabab boʻlayotgani aytib oʻtildi. Bu kabi holatlarning oldini olish maqsadida Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari, profilaktika inspektorlari va boshqa xodimlar hamkorlikda profilaktik targʻibot ishlarini yanada kuchaytirishlari zarurligi toʻgʻrisida soʻz yuritildi.

 Shu bilan birga haydovchilar yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilishlari, ayniqsa, uzoq masofaga qatnovchi, yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi avtomobillar harakatini nazorat qilish boʻyicha kuchaytirilgan tartibda reydlar tashkil etilishi, haydovchilarga hushyorlikni oshirish, charchoq sezilganda avtomobilni boshqarmaslik boʻyicha tegishli tavsiyalar berilishi lozimligi ham alohida eʼtirof etildi.

Yigʻilishda ishtirok etganlar sodir etilgan avtohalokatning achinarli oqibatlari xususida xulosalar chiqardilar. Aholi vakillari tomonidan berilgan savollarga toʻliq, hayotiy misollar bilan javoblar berildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026