Zakovatli yoshlar
Bizning 29-sonli maktabimizda tarix fani oʻqituvchisi rahbarligida "Zakovat klubi” tashkil etilgan. "Zakovat klubi” yuqori sinflar oʻrtasida tashkil etilgan boʻlib (6-9-sinflar), har sinfdan 6 nafar eng bilimdon va zukko oʻquvchilar aʼzo boʻlishgan. "Zakovat klubi” oʻyinlari reja asosida, har haftada bir marta boʻlib oʻtadi. Savollar maktabimiz oʻqituvchilari va oʻquvchilari tomonidan tuzilib, "Zakovat klubi” raisi tomonidan koʻrib chiqiladi va ilmiy, mantiqiy tomondan yaxshi, deb topilgan savollar oʻyinga qoʻyiladi. 1-bosqichdagi oʻyinlar parallel sinflar oʻrtasida boʻlib oʻtdi. 2-tur oʻyinga 6-,8-,9-sinflar qatnashdilar va final bosqichi 9”b”-sinf bilan 6A-sinf oʻrtasida boʻlib oʻtdi va 9”b”-sinf 5:4 hisobi bilan gʻolib boʻldi.
"Zakovat klubi” yoshlarni teran fikrlashga, bilimli, chaqqon va zukko oʻquvchilarning bilimini yanada oshirishga yordam bermoqda. Qolaversa, oʻquvchilarni badiiy kitoblar, gazeta va jurnallar oʻqishga, zamon bilan hamnafas boʻlishga undamoqda.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶