VOYaGA YeTMAGANLAR TOMONIDAN SODIR QILINGAN HUQUQBUZARLIK KOMISSIYa YIGʻILIShIDA MUHOKAMA QILINDI
Ota-ona yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar bolalarini taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish boʻyicha majburiyatlarini bajarishi, ularning huquqbuzarliklar yoki boshqa gʻayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etishiga yoʻl qoʻymaslik chora-tadbirlarini koʻrishi lozim. Bu borada nafaqat ota-ona, balki taʼlim muassasasi, mahalla, yoshlar va jamoat tashkilotlari masʼulligini yanada kuchaytirish, kelajak avlodni odobli, bilimdon, oqil, maʼnaviyatli, yetuk va barkamol inson qilib tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifalaridan sanaladi.
Tuman hokimligida Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha Amudaryo tumani idoralararo Komissiyasining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Yigʻilishda Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha tuman idoralararo komissiya raisining oʻrinbosari M.Shermetov, komissiya aʼzolari, IIB profilaktika inspektori va boshqa masʼullar ishtirok etdilar.
Yigʻilishda tuman IIB tomonidan yuborilgan, tumandagi ovullardan birida yashovchi voyaga yetmagan 2 nafar fuqaro tomonidan sodir qilingan huquqbuzarlik holatiga doir ish muhokama qilindi.
Komissiya raisining oʻrinbosari M.Shermetov yigʻilish ishtirokchilarini kun tartibidagi masala bilan tanishtirdi. Shundan soʻng, masʼullar tomonidan voyaga yetmagan ushbu fuqarolar yashash joylariga yaqin joyda, koʻcha tarafda oʻzaro janjallashgani, hodisada ota-onalar ham ishtirok etgani, sodir boʻlgan huquqbuzarlik oqibatida tomonlarga yengil tan jarohati yetkazilgani bayon qilindi. IIB tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga koʻra huquqbuzarlikni sodir qilgan voyaga yetmaganlar harakatida OʻzR MJtKning tegishli moddalarida koʻrsatilgan alomatlar mavjudligi, lekin maʼmuriy huquqbuzarlikka tortish yoshiga yetmaganligi sababli, ularning ota-onalarining xatti-harakatlarida OʻzR MJtKning 47-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud deb topilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berib oʻtdi.
Yigʻilishda ishtirok etayotgan voyaga yetmaganlarning ota-onalari soʻzga chiqib, bundan keyin oʻgʻillarining nazorati bilan qattiq shugʻullanishi va maktabdagi darslarga muntazam ravishda yuborishi, bemahal, beruxsat hech qayerga yubormasligini aytishdi.
Yigʻilish yakunida masʼullar yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda, tartib-intizomini nazorat qilishda, beparvolikka yoʻl qoʻyilayotganligiga toʻxtalib, ushbu ota-onalar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismida koʻrsatilgan huquqbuzarlikni sodir qilganligini maʼlum qilishdi. Voyaga yetmagan farzandlariga taʼlim berish borasidagi majburiyatlarini lozim darajada bajarmagan, ularning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishiga yoʻl qoʻygan ota-onalar tegishli tartibda jazoga tortilishi lozim deb topildi. Shuningdek, ota-onalar va ularning farzandlari taʼlim olayotgan maktab, hudud fuqarolar yigʻini masʼullariga endilikda voyaga yetmaganlar tarbiyaga eʼtiborsiz boʻlmasliklari, oʻqishi, xulqi va tartib-intizomini muntazam nazorat qilib borishlari kerakligi tushuntirildi.
J.Xolmurodov, tuman hokimligi Voyaga yetmaganlar ishlari boʻyicha
idoralararo Komissiyasi masʼul kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶