25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 15:51
Jamiyat 👁 242

MAHALLA VA OILANI QOʻLLAB-QUVVATLASh BOʻLIMI TOMONIDAN “YoShLAR DAFTARI” VA “AYoLLAR DAFTARI” YuRITISh BOʻYIChA OʻQUV-SEMINAR OʻTKAZILDI

MAHALLA VA OILANI QOʻLLAB-QUVVATLASh BOʻLIMI TOMONIDAN “YoShLAR DAFTARI” VA “AYoLLAR DAFTARI” YuRITISh BOʻYIChA OʻQUV-SEMINAR OʻTKAZILDI

Oila – mustahkam qoʻrgʻon. U huquq va vijdon qonunlari asosida quriladi va oʻzining koʻp asrlik mustahkam, maʼnaviy tayanchlariga ega boʻladi. Har bir oilaning huquqiy savodxonligini oshirish, bu boradagi bilimlarni mustahkamlash maqsadida  “Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlimi va Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash  boʻlimi tomonidan  49 ta mahalladagi kutubxonalarning har biriga  Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi bilan hamkorlikda  chop etilgan 4 ta risola yetkazib berildi.                                                                                                                                                              
“Oila – muqaddas dargoh” risolasi fuqarolarning nikoh va oila munosabatlarini tartibga soluvchi qonun va qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, ularga qatʼiy rioya qilgan taqdirdagina oila mustahkam boʻlishi xususida maʼlumotlar yigʻindisidan iborat boʻlib, risolada nikoh va oila masalalariga oid baʼzi huquqiy tushuntirishlar sodda tarzda yoritib berilgan. Shuningdek, “Vorislik huquqi qonun himoyasida” nomli kichik qoʻllanmada vorislarga huquq va majburiyatlarni tushuntirish, meros va mol-mulk bilan bogʻliq nizolarning kelib chiqishiga barham berish, insonlar oʻrtasidagi qon-qarindoshlik munosabatlariga putur yetishining oldini olishga doir maʼlumotlar mavjud.
Mahallalar kutubxonalariga taqdim etilgan “Yerga nisbatan huquqning vujudga kelishi va bekor boʻlish tartibi” nomli qoʻllanma ham keng xalq ommasiga moʻljallangan. Unda tadbirkorlik subʼektlari, idora va tashkilotlar hamda davlat organlari vakillarining mazkur masalada huquqiy bilimlarini oshirish orqali bu borada nizolar kelib chiqishining oldini olish koʻzda tutilgan. Navbatdagi “Mehnat huquqi qonun himoyasida” deb nomlangan qoʻllanma esa nafaqat sudyalar, huquqni muhofaza qilish organlar xodimlari, advokatlar uchun, balki turli tashkilot va muassasalar ish beruvchilari hamda fuqarolarga moʻljallangan. Unda fuqarolar uchun qiziqarli boʻlgan savollarga atroflicha javob berilgan va sud amaliyotida kelib chiqadigan nizolar boʻyicha misollar keltirilgan.
Ushbu amaliy qoʻllanmalar har bir mahalla kutubxonasiga yetkazildi va tumanimizdagi mahallalar aholisiga qoʻllanmalar bilan tanishib chiqish imkoniyati yaratildi.
Muhtaram Prezidentimiz xotin-qizlar bilan yoshlar aholining katta qismi, ijtimoiy masalalarning aksariyati ham ular bilan chambarchas bogʻliqligi, ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chiqib, ularning dunyoqarashini oʻzgartirish jamiyatdagi islohotlarga jiddiy turtki berishini taʼkidlagan edilar. Undan tashqari, yoshlar bilan ayollarga juda katta sharoit yaratish boʻyicha milliy dasturlar qabul qilinishini, oilada ayolning kayfiyati yaxshi boʻlsa, jamiyatimizda vaziyat oʻzgarishi haqida ham aytib oʻtdilar.
Yaqinda tuman hokimligi faollar zalida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi tomonidan “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ni shakllantirish boʻyicha oʻquv-seminar oʻtkazildi. Oʻquv-seminarda mahalla oqsoqollarining oila, xotin-qizlar va ijtimoiy-maʼnaviy hamda obodonlashtirish, tomorqa va tadbirkorlik masalalari boʻyicha oʻrinbosarlari ishtirok etishdi.
   Oʻquv-seminarni tuman hokimi oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev, boʻlim boshligʻining Xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova va tuman hokim oʻrinbosari Rashid Salayevlar olib borishdi.
Oʻquv-seminarda Xotin-qizlar va yoshlarning muammolarini oʻrganish, ularni hal etish borasidagi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” boʻyicha mahallalarda tuziladigan 4 ta ishchi guruh tarkibiga kiritiladigan mahalla faollari va tuman hokimligi masʼullari tomonidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab berildi. Ularga uyma-uy yurish orqali xotin-qizlar va yoshlar muammolarini oʻrganish, tegishli savolnoma shaklini toʻldirish, toʻplangan maʼlumotlarni umumlashtirish uchun tuman shtabiga taqdim etish vazifalari topshirildi. Bu boʻyicha tegishli hujjatlar namunalari, savolnomalar hududlarga yetkazildi.
Shuningdek, oʻquv-seminarda ijtimoiy ahvoli ogʻir boʻlgan xotin-qizlar va yoshlar boʻyicha maʼlumotlar toʻplash, yashash manzili, pasport maʼlumotlari va boshqa maʼlumotlarni aniq kiritish, ayollar va yoshlarning maʼlumoti, mutaxassisligi, ishsizlik darajasi, oilaviy ahvoli, yashash sharoiti, oila aʼzolari haqidagi maʼlumotlarni toʻliq qayd etish kerakligi taʼkidlandi. Xotin-qizlar va yoshlarning daromad manbalari, ekin maydoni, chorva mollari, mavsumiy daromadi haqidagi maʼlumotlarni yozish, oiladagi ijtimoiy muhit yoki farzandlar tarbiyasi kabi maʼlumotlar ham toʻliq savolnomaga kiritilishiga eʼtibor berish lozimligi xususida batafsil tushunchalar berildi.
Har bir mahallada tuziladigan ishchi guruh aʼzolari oʻzlari biriktirilgan mahalla kesimida uyma-uy yurish va ijtimoiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim, kasb-hunar oʻrganishga ehtiyoji, ishtiyoqi bor boʻlgan ishsiz yoshlar va xotin-qizlar bilan suhbatlashish orqali savolnomalarni toʻldiradilar.
Xatlov ishlariga jalb qilingan mutaxassislar uyma-uy yurish orqali yoshlar va ayollar bilan birma-bir muloqot qilib, ularning ehtiyojlarini, qiziqishlarini aniqlaydi va bu haqda anketa soʻrovnomasida qayd etib boradi.
“Yoshlar daftari” – bu har bir sektor hududi kesimida istiqomat qilayotgan, 18 yoshga toʻlgan, 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor boʻlgan, shuningdek, bandligini taʼminlashga ehtiyoji bor ishsiz yoshlar kiritiladi.
“Ayollar daftari” – bu har bir sektor hududi kesimida istiqomat qilayotgan, 30 yoshdan oshgan ijtimoiy, huquqiy, psixologik qoʻllab-quvvatlashga, bilim va kasb oʻrganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bor boʻlgan, shuningdek, bandligini taʼminlashga ehtiyoji bor ishsiz xotin-qizlar kiritiladi. Soʻrovnoma oʻtkazilayotgan shaxs qaysi toifaga kirishi aniqlanadi. Yaʼni, 18 yoshga toʻlgan, 30 yoshdan oshmagan erkaklar va xotin-qizlar “Yoshlar daftari”ga, 30 yoshdan oshgan ayollar “Ayollar daftari”ga kiritish taklifi bildiriladi.
Prezidentimiz taʼkidlaganidek, maqsadimiz avvalo xotin-qizlarni, shuningdek, yoshlarni ham qoʻllab-quvvatlash, xonadon bekalarining bandligini taʼminlash, turmush sharoitini yaxshilashdan iboratdir.

Gavhar ChIMBOYChIYeVA, Mahalla va oilani

qoʻllab-quvvatlash boʻlimi mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026