21.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
21.09.2026, 12:00
Jamiyat 👁 3,326

Ajdodlar dahosiga ehtirom

Ajdodlar dahosiga ehtirom

Har bir insonning oʻziga yarasha qadr-qimmati, hurmat-eʼtibori bor. Inson qadri uning tashqi koʻrinishi yoki moddiy boyligiga qarab emas, balki ichki dunyosi, maʼnaviy boyligiga qarab baholanadi. Maʼnaviyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar oʻgiti bilan birga singadi. Agar inson atrofidagi barcha odamlarning qadr-qimmatini hurmat qilsa, oʻzgalar ham uning qadr-qimmatini hurmat qiladi.

Mehr-oqibat, muruvvat koʻrsatish olijanob insonlarga xos xislatdir. Shunday ekan, keling, azizlar, bir-birimizning qadrimizga yetaylik. Vatanimiz yuzini yorugʻ qilib turgan buyuk ajdodlarimiz kabi oqil va dono boʻlaylik. Baxt-saodatga erishish orzusida, oʻzbek xalqining erkinligini, ozodligini taʼminlab, uning qadr-qimmatini yuksaltirish yoʻlida jonini fido qilgan buyuk ajdodlar avlodi ekanligimiz biz uchun sharaf. Ajdodlar qalbidagi ushalmas orzu mustaqillikni qaror toptirib, xalqni taraqqiyot yoʻli tomon boshlayotgan Yurtboshimiz va davlat ravnaqi yoʻlida fidoyilikqilayotgan insonlarning xizmatlari beqiyosdir. Oʻz ichiga olam-olam maʼnolarni qamragan, mazmun-mohiyati keng ulugʻvor soʻzlari bilan Vatan tarixini, ajdodlar tarixini bizga yetkazib berayotgan atoqli adiblarimizning chiroyli soʻzlari qalbimizga shunday hayajonli tuygʻularni singdiradiki, buni taʼriflashga til ojiz. Biz ana shu tuygʻular ila ona Vatan, hurlik va ozodlik qadrini, fidoyi xalqimiz qadr-qimmatini his etamiz.

Tarixiy xotiramizni mustahkamlashimiz, oʻzligimizni chuqur anglashimiz uchun Vatanimizda buyuk bobokalonlarimiz timsoliga haykallar, muzeylar, milliy bogʻlar yaratilgan. Butunligicha saqlanib qolgan tarixiy inshootlar - madrasa-yu maqbaralar yangicha qiyofaga ega boʻlib, toʻliq qayta taʼmirlangani bu – ajdodlar zakosiga ehtiromdir. Mustaqillik maydonida mustaqillik va ezgulik monumenti qad koʻtargan. Bu yodgorlik ikki qismdan – Oʻzbekiston tasviri tushirilgan yer shari va suyukli farzandini bagʻriga bosib, unga mehr toʻla nigohi bilan termulib turgan baxtiyor ona haykallaridan iborat. Bu majmua ham Vatan, ham inson qadrini ulugʻlovchi buyuk meʼmoriy obidadir. Xotira maydonidagi Motamsaro ona haykali oʻz farzandiga intizor boʻlib oʻtgan ming-minglab munis va moʻʼtabar onalarning timsoli. Ushbu ulugʻ zotning mungli va maʼyus yuzlariga boqib, bu hayotning naqadar goʻzalligiga, inson umrining aziz va betakrorligiga imon keltirasiz. Xotira maydonidagi naqshinkor ustunli ayvonlarga oʻrnatilgan poʻlat kitob sahifalarida ikkinchi jahon urushi janggohlarida mardlarcha halok boʻlgan 450 ming nafar yurtdoshimizning ismi sharifi zarhal harflar bilan yozib qoʻyilgan. Bu yerdan tun-u kun ziyoratchilarning qadami arimaydi. Har bir ziyoratchi avvalo bu yerdagi Motamsaro ona timsoliga taʼzim qilib, poyiga gul qoʻyadi, urush va mehnat faxriylari, Vatan, himoyasi yoʻlida qurbon boʻlgan doʻstlari xotirasiga hurmat bajo keltiradilar.

Har yili 9-may – Xotira va qadrlash kuni bizning yurtimizda ulugʻ va qutlugʻ sana. Zero, tarixiy xotirasi kuchli boʻlgan xalq kelajak yoʻlida adashmaydi, hech kimga qaram boʻlmaydi.

Umida ERDOShEVA,

22-sonli maktabning 6-sinf oʻquvchisi, tanlov gʻolibi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi Mustaqillik bayrami arafasida frontorti mehnat faxriylari holidan xabar olindi 02.09.2026 Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi Umumtaʼlim maktablarida birinchi qoʻngʻiroq chalinib, Bilimlar kuni keng nishonlandi va yangi oʻquv yili boshlandi 02.09.2026 Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida yangi amfiteatr foydalanishga topshirildi 31.08.2026 Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev boshchiligida Respublikamiz faollari Mangʻit suv tozalash inshooti faoliyati bilan tanishdilar 31.08.2026 Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi Amudaryo tumanida Oʻzbekiston Respublikasi davlat Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlandi 28.08.2026 «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi «Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni oʻz egalariga tantanali ravishda topshirildi 27.08.2026 Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida Mustaqillik bergan imkon: oddiy mexanizatordan yirik sanoatchiga aylangan fermer Yoqubboy Ashirovning faoliyati haqida 27.08.2026 Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi Amudaryo tumanida Mangʻit suv tozalash inshooti foydalanishga topshirildi 26.08.2026 Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi Xitoylik tadbirkor tomonidan Mangʻitda uy-roʻzgʻor buyumlari doʻkoni ochildi 19.08.2026 Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi Amudaryo tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati tahlil qilindi 19.08.2026 Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi Muddatli harbiy xizmatga chiqiriluvchilarni saralash tadbirlari boshlandi 17.08.2026 Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi Doʻrman ovuli misolida yoshlar bandligi boʻyicha respublika oʻquv seminari oʻtkazildi 17.08.2026