YoNGʻINNING OLDINI OLGAN MAʼQUL
Yongʻin juda katta moddiy va maʼnaviy zarar yetkazadi. Inson salomatligiga taʼsir koʻrsatib, oʻlimga ham olib kelishi mumkin. Shu sababli ushbu kulfat keltiruvchi hodisaning oldini olish, atrof-muhitga eʼtiborli boʻlish, xavfsizlik qoidalariga amal qilish juda zarur.
Har doim aholi yashash joylari, qurilish inshootlari, korxona-tashkilotlar binolari atrofi oʻz vaqtida qurigan shox-shabbalar, barglardan, ishlab chiqarish chiqindilari, axlatlardan va boshqa yonuvchi materiallardan tozalanishi lozim. Avtomobil yoʻlaklari va atrof qish kunlari qor va muzlardan tozalab turilishi kerak. Vaqtinchalik quriladigan doʻkonlar, inshoot, aholiga maishiy xizmat koʻrsatish maskanlari va boshqa binolardan kamida 15 metr uzoqlikda yoki yongʻinga chidamli devor yonida oʻrnatilishi muhim oʻrin tutadi.
Turar joylar, dala va bogʻ hovlilarida, maʼmuriy va aholi koʻp yigʻiladigan binolar hududida yengil va tez yonuvchi suyuqliklarni, siqilgan yoki suyultirilgan gaz sigʻimlarini qoldirish man etiladi.
B.Nurmamatov,
tuman FVB boshligʻi oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶