YoSh OʻQITUVChI MOHINURNING YuTUQLARI
Mamlakatimizda bugungi kunda oʻqituvchi-murabbiylarning har tomonlama yuksalishi uchun barcha imkoniyatlar yaratilib, ularning mavqei tobora ortib bormoqda. Ayniqsa, ushbu sharafli kasb egalari orasida yosh kadrlarimizning yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanib, erishayotgan yutuqlari kishi dilini quvontiradi.
Ingliz tili fani oʻqituvchisi Mohinur Otanazarova ham ana shunday intiluvchan yosh oʻqituvchilardan biridir. Mohinur 2017-yildan buyon tumandagi 40-sonli umumtaʼlim maktabida ingliz tili fani oʻqituvchisi sifatida faoliyat olib bormoqda. U hozirgi kunga qadar boʻlgan qisqa davr mobaynida oʻzining mehnat faoliyatida koʻplab yuqori natijalarni qoʻlga kiritib kelmoqda. Xususan, 2018-yili Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan oʻtkazilgan chet tilidan malaka va uni bilish darajasi boʻyicha SEFR test sinovidan muvaffaqiyatli oʻtdi. Har yili fanlar olimpiadasida oʻquvchisi Umida Otanazarova ingliz tili fanidan tuman bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallab kelmoqda.
Shuningdek, Mohinur hozirgi kunda American Council for International Education tomonidan tashkil qilingan ESN dasturida Regional Peer Mentorlikni qoʻlga kiritish uchun ishtirok etmoqda. Joriy yil avgust oyidan boshlab, xalqaro Coursera onlayn malaka oshirish platformasidagi kurslarda oʻqib kelmoqda. Hozirgacha 16 ta kursni muvaffaqiyatli tugatib, 16 ta xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritdi. Ingliz tili fani oʻqituvchilari uchun oʻz kasbiy mahoratlarini rivojlantirishga yordam beruvchi xalqaro TESOL kurslarining birinchi bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, sertifikatga ega boʻldi hamda ikkinchi bosqichida oʻqishda davom etmoqda.
Charos Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶