19.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
19.10.2026, 11:51
Jamiyat 👁 316

OʻZBEKISTON ChEMPIONI ELYoR MAShARIPOV USTOZLARINI BAYRAM BILAN TABRIKLADI

OʻZBEKISTON ChEMPIONI ELYoR MAShARIPOV USTOZLARINI BAYRAM BILAN TABRIKLADI

Ustoz mehnati qadrini, mashaqqatini oʻlchaydigan mezon yoʻq. Ular yosh avlod kamoli yoʻlida otalar, onalar kabi fidoyilik qiluvchi, qalb qoʻrini, kuch-quvvatini ularning kamoli yoʻlida sarflaguvchi insonlardir. Shu boisdan ham ustoz-murabbiylar bir umr shogirdlari ehtiromida, eʼzozida yashaydilar.

Shu yilning 28-oktyabrida tuman Bolalar-oʻsmirlar sport maktabi direktori, jahon, Yevropa, Osiyo miqyosidagi gʻolib va sovrindor polvonlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan murabbiy, taniqli polvon Chorsham Tojimurodov 60 yoshga toʻldi. Bu sana pandemiya munosabati bilan nishonlanmagan boʻlsa-da, yoʻqlaguvchilar, qoʻngʻiroq qiluvchilar koʻp boʻldi.

Shu kuni ushbu sport maktab tarbiyalanuvchisi, sportning dzyu-do, sambo, kurash turlari boʻyicha bir necha bor Oʻzbekiston chempioni, Osiyo, Yevropa ochiq turniri gʻolibi, “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti sohibi,  mangʻitlik Elyor polvon Masharipov ham quvonchli kunida murabbiyini yoʻqlab keldi. Imtiyozli ravishda Qoraqalpoq davlat universitetiga qabul qilingan, uni muvaffaqiyatli tugatib chiqqan Elyor, bir necha yildirki, Oʻzbekiston Milliy gvardiyasining  Qoraqalpogʻiston boshqarmasiga qarashli harbiy qismda xizmat qilmoqda. Ushbu qism komandiri 1-oktyabr – Oʻqituvchilar va murabbiylar kuni bayrami munosabati bilan Chorsham Tojimurodovni qutlab tashakkurnomasi yoʻlladi. Uni Elyor Masharipov ustoziga tantanali tarzda topshirdi. Murabbiylar shu maktabda kurash sirlarini oʻrgangan Elyor polvonning butun jamoani bayram bilan qutlaganidan, sport maktabidan ana shunday yurtning dongʻini jahon aro tartayotgan polvon yetishib chiqqanidan faxrlandilar.

Shundan soʻng Elyor Masharipov sport maktabda dzyu-do kurashi bilan shugʻullanayotgan bolalar, murabbiylar bilan ham uchrashdi. Uchrashuv davomidagi suhbat chogʻida oʻzi ham ushbu zalda ilk mashgʻulotlarda kurash mahoratini oʻrgangani, murabbiylari koʻmagida yutuqlarga erishgani haqida gapirib berdi.

Taniqli polvon shu kuni oʻzi ilk taʼlim olgan 36-sonli maktabga ham borib, birinchi oʻqituvchisi Muborak Jumashevani ham bayram bilan muborakbod etdi.

Elyor Masharipov birinchi ustoziga oʻzi xizmat qilayotgan qism komandirining shunday polvon, yurtiga sadoqatli, xizmat vazifasini sidqidildan ado etayotgan oʻgʻlonni tarbiyalab voyaga yetkazgani uchun minnatdorchilik izhor etilgan tashakkurnomasini topshirdi. Muborak Jumasheva shu maktabda ilk bor harf tanitgan sobiq oʻquvchisi, ayni paytdagi taniqli sportchi Elyor Masharipovni oʻquvchilariga tanishtirdi. Barchasini Elyorday yurt koriga yaraydigan insonlar boʻlib yetishishga chaqirdi.

Elyor Masharipov oʻquvchilarga 1999-yilda shu maktabning birinchi sinfiga oʻqishga kelganini, shu ustozdan oʻqishni, yozishni oʻrganganini hayajon bilan soʻzladi. Oʻzining shoʻxliklarini, sinfdoshlarining ota-onalari shikoyat qilib kelishganida ustoz doim yonini olganini, buni aslo unutmaganini ham gapirdi. Xizmat vazifasida jiddiy topshiriqlar olganida koʻz oʻngida ota-onasi va albatta, bilim berib, mehr ham koʻrsatgan  ustozi jonlanishini, ularga munosib boʻlishga harakat qilishni, doim ehtirom bilan yashashini faxr bilan aytib oʻtdi. Shuningdek, oʻquvchilarni ham  yurtimizga munosib boʻlib ulgʻayishlarini tilab, yaxshi oʻqishga daʼvat etdi.

Shundan soʻng, suhbat oʻqituvchilar xonasida ustozlar qurshovida yana davom etdi. Bayram bilan qutlab kelgan sportchi shogirdiga ustozlar ham ulkan minnatdorchilik bildirdi, ishlarida muvaffaqiyatlar tiladi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026