15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 13:30
Fan va taʼlim 👁 291

«DUNYoDA ILMDAN BOShQA NAJOT YOʻQ VA BOʻLMAGAY»

«DUNYoDA ILMDAN BOShQA NAJOT YOʻQ VA BOʻLMAGAY»

Sharq donishmandlari aytganidek, “Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir”. Shu sababli inson uchun zamonaviy bilimlarni oʻzlashtirish, chinakam maʼrifat va yuksak madaniyat egasi boʻlish, uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylangan. Ilm-maʼrifat eng avvalo oilada, keyinchalik maktabda beriladi. Shuning uchun ham har bir shaxs kamolotida maktab alohida oʻringa ega.

Amudaryo tumani Xalq taʼlimi boʻlimiga qarashli 87 ta umumtaʼlim maktablarida yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlari oʻz vaqtida qizgʻin olib borildi.

Maʼlumki, tumanimizda pandemiya sharoitini hisobga olib, maktablarda yangi oʻquv yili gibrid tarzda tashkil etilishi hamda maktablarning tayyorgarlik darajasidan kelib chiqib, bosqichma-bosqich ochilishi belgilandi. 2020-2021 oʻquv yilining birinchi kuni 14-sentyabr etib belgilangan boʻlsa-da, maktablar sanitariya-gigiyena talablariga javob berishiga qarab, sanitariya epidemiologiya va osoyishtalik markazi xulosalariga koʻra xalq deputatlari mahalliy Kengashlarning qarori asosida ochilib, anʼanaviy oʻqish jarayonlarini boshlamoqda.

Dastlab, vaziyatdan kelib chiqib, tumandagi xavfsiz, yashil hududlardagi, yaʼni A.Temur ovulida joylashgan 4-sonli maktab, Qipchoq ShFYda joylashgan 11-sonli maktab, Tor yop mahallasida joylashgan 21-sonli maktab va Namuna mahallasida joylashgan 52-sonli maktabda 7-sentyabr kunidan tajriba-sinov tariqasida oʻqish jarayoni anʼanaviy tarzda boshlandi. Qolgan maktablarning barchasida 14-sentyabrdan 30-sentyabrgacha reja asosida bosqichma-bosqich oʻz faoliyatini anʼanaviy tarzda boshlash rejalashtirildi.

Shuningdek, Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 2020-2021 oʻquv yilining I choragi uchun umumtaʼlim maktablarining pandemiya sharoitlariga moslashtirilgan namunaviy dars jadvali ishlab chiqildi. Mazkur dars jadvali asosida umumtaʼlim maktablarining navbatliligi (smenasi), oʻquvchi oʻrni, sinflar va oʻqituvchilar sonidan kelib chiqib, ushbu namunaviy jadvalga moslashtirilgan holda dars jadvalini tuzish tavsiya etildi. Oʻquvchilarning sogʻligini himoyalash, ijtimoiy masofani saqlagan holda ortiqcha muloqot qilishlarining oldini olish maqsadida jismoniy tarbiya, chaqiriqqa qadar boshlangʻich harbiy tayyorgarlik,  musiqa madaniyati, tasviriy sanʼat va chizmachilik, texnologiya hamda tarbiya fanlari oʻquv yili boshida vaqtinchalik oʻtilishi tavsiya etilmadi, ushbu fanlar masofaviy taʼlim shaklidagi televizion darslar orqali oʻzlashtirib boriladigan boʻldi.

Hozirgi vaqtda tumanda Xalq taʼlimi sohasida 4206 nafar oliy maʼlumotli oʻqituvchi faoliyat olib bormoqda. Kadrlar bilan taʼminlanganlik 99,9 foizni tashkil etadi. Bugungi kunda oʻrta maxsus bilimga ega kadrlarning oʻrnini oliy maʼlumotli mutaxassislar bilan toʻldirish ishlari olib borilmoqda.

Albatta, yurtimizda karantin tadbirlari davom etayotganiga qaramasdan davlatimiz rahbari tomonidan taʼlim sohasi rivojiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu eʼtibor va gʻamxoʻrlik kelajagimiz boʻlgan oʻquvchi-yoshlarimizni bilimli, har tomonlama yetuk, komil inson qilib tarbiyalashga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, qanday sharoit boʻlsa ham soha xodimlari yangi oʻquv yilida fidoyilik namunasini koʻrsatadi.

Xalq taʼlimi tizimida murakkab va oʻzgaruvchan sharoitda barcha oʻqituvchi va murabbiylarning yosh avlodga bilim berishdek masʼuliyatli ishida kuch-gʻayrat tilayman. Kelajak yaratuvchilari boʻlgan bolalarimizga taʼlim-tarbiya berishdek sharafli ishlaringizda muvaffaqiyatlar hamisha yor boʻlsin!

R.MatqurbOnov, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026