Maʼlumotnoma olishda yana bir qulaylik
Bugungi kunda mamlakatimizda aholining hayot tarzida davlat xizmatlarining roli muhim ahamiyat kasb etadi.
Inson hayoti davomida kadastr sohasidagi xizmatlaridan foydalanish holatlari tez-tez uchrab turadi. Shu boisdan fuqarolarga yanada qulayliklar yaratish maqsadida joriy yilning 2-sentyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 535-sonli qarori qabul qilindi.
Yangi qaror bilan bir qator davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi va muddatlari soddalashtirilmoqda.
Jumladan, fuqarolarning nomida shaxsiy turar joy mavjud yoki mavjud emasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olishda Qaror bilan mazkur davlat xizmati koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.
Maʼmuriy reglamentga muvofiq Ariza beruvchi maʼlumotnoma olish uchun Davlat xizmatlari markaziga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi.
Davlat xizmatlarini koʻrsatish yaʼni maʼlumotnoma olish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 3 foizi miqdorida yigʻim undiriladi (har bir shaxs uchun).
Eʼtiborli jihati, oldin maʼlumotnoma olish uchun 44 600 soʻm toʻlangan.
Shuningdek yangi tartibga koʻra ariza beruvchi Davlat xizmatlari markazlariga kelib yoki davlat organlari orqali murojaat etganda, uning soʻrovnomasi Davlat xizmatlari markazlari yoki davlat organlari xodimi tomonidan toʻldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlanganidan soʻng soʻrovnoma real vaqt rejimida Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markaziga elektron shaklda yuboriladi. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida orqali murojaat qilinganda esa soʻrovnoma avtomatik tarzda Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markaziga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi soʻrovnoma tushgan va toʻlov amalga oshirilgan vaqtdan boshlab uch ish kuni mobaynida QR-kod (shtrixli kod) qoʻyilgan maʼlumotnomani rasmiylashtiradi va Davlat xizmatlari markazlariga yoki davlat organlariga yoxud ariza beruvchiga YaIDXP orqali yuboradi.
Maʼlumotnoma olish muddati avval 5 kun boʻlgan boʻlsa, qaror bilan koʻrib chiqish muddati 3 kunga qisqardi.
Bu kabi qulayliklar fuqarolarning moddiy xarajatlarini tejashga xizmat qiladi.
Umida Saparbayeva, Tuman Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶