25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 17:06
Jamiyat 👁 87

ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARI SUDLARDAGI ODIL SUDLOV SAMARADORLIGINI YaNADA OShIRADI

ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATsIYa TEXNOLOGIYaLARI SUDLARDAGI ODIL SUDLOV SAMARADORLIGINI YaNADA OShIRADI

Prezidentimizning 2020-yil 3-sentyabrdagi “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan. Endilikda ushbu Qarorga koʻra fuqarolarga koʻrsatiladigan interaktiv elektron xizmatlar turlari kengaytiriladi. Har bir murojaatni koʻrib chiqish jarayonini onlayn kuzatib borish taʼminlanadi. Sud binolarida interaktiv xizmatlardan erkin foydalanish imkoniyati yaratiladi.
2022-yil 1-yanvardan boshlab, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, advokatlar tomonidan sudlarga daʼvo, ariza va shikoyatlarni faqat elektron shaklda taqdim etish amaliyoti joriy etiladi. Qaror asosida sud majlisiga tayyorgarlik koʻrish jarayonidan yakuniga qadar toʻliq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etiladi. Avvalo, sud majlisi ishtirokchilari sud muhokamasining vaqti va joyi haqida “SMS” xabar orqali xabardor qilinadi. Bu toʻliq bepul amalga oshiriladi.
Sud faoliyatida qonuniylikni taʼminlash maqsadida sud muhokamasi jarayoni audioyozuv orqali qayd etish amaliyoti joriy etiladi. Bunda taraflarning huquqlarini himoya qilish qilish va shaxsiy hayot daxlsizligini kafolatlash maqsadida taraflarning roziligi olinadi.
Bundan tashqari, bugungi kunda ommalashgan va aksariyat sud organlarida oʻzini oqlagan videokonferentsaloqa tizimi koʻlami kengayadi. Bunda protsess ishtirokchilariga, avvalo, daʼvo, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish jarayonini onlayn tarzda kuzatib borish imkoniyati taqdim etiladi. Manfaatdor shaxslarning sud majlisida ishtirok eta olmagan taqdirda ham, barcha jarayondan xabardor boʻlishiga erishiladi.
Bulardan koʻzlangan maqsad – fuqarolar sarson boʻlishining oldini olish, murojaatlarni avtomatlashtirish, tizimlashtirish va eng asosiysi, fuqarolarga sudlarga murojaat etish boʻyicha konstitutsiyaviy huquqlaridan kengroq foydalanish uchun imkon yaratishdir.
Shuni alohida qayd etish lozimki, sud tizimi bu davlatning mustaqil hokimiyati, fuqarolarning huquqlarini himoya qilish qoʻrgʻonidir. Shunga binoan sudlarda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash bilan birga sudlar faoliyatida kiberxavfsizlikni taʼminlash, maʼlumotlarning himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish, bu borada kompleks chora-tadbirlar tizimini shakllantirish zarurati yuzaga kelmoqda. Shunga muvofiq, 2020-2023-yillarga moʻljallangan “Sud hokimiyati organlari faoliyatini raqamlashtirish dasturi” tasdiqlandi.
Dastur doirasida 2022-yil 1-iyulga qadar 10 ga yaqin interaktiv xizmatlar koʻrsatish yoʻlga qoʻyiladi. Yangiliklar, sudlar faoliyati bilan cheklanmaydi. Masalan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab sud ishlari davlat arxiviga elektron shaklda topshiriladi va qabul qilinadi.
Sudlarning axborot tizimlarini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilish boʻyicha tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining 28 davlat organi va tashkiloti axborot tizimlari Oliy sudning axborot tizimiga bosqichma-bosqich ulanadi. Ushbu integratsiya samarasida sudlar muayyan ishni koʻrish jarayonida zarur boʻlgan maʼlumotlar va hujjatlarni bevosita davlat organlari va tashkilotlaridan elektron shaklda olish imkoniga ega boʻladi.
Sudlarga shikoyatlarni elektron shaklda taqdim etish imkonini beradigan mexanizm yaratish maqsadida 2022-yil 1-yanvardan boshlab sudlar faoliyatiga “Adolat” axborot tizimlari kompleksi joriy etiladi va ushbu tizim sud hujjatlarini avtomatlashtirilgan ravishda shakllantiradi.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, ushbu qarorining qabul qilinishi inson huquq va manfaatlarini  ishonchli himoya qilish, shu jumladan, sud hokimiyatini yanada mustaqil qilish, fuqarolar va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish, shuningdek, sudlar va davlat idora-tashkilotlari oʻrtasida axborot almashinuvini yanada yaxshilanishi odil sudlov samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

S.Davletmurodov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026