YoNGʻIN EʼTIBORSIZLIK OQIBATIDA SODIR BOʻLADIGAN BAXTSIZ HODISA
Yongʻin – juda katta ofatlardan biri sanaladi. Yongʻin xavfsizligi qoidalariga har bir yurtdoshimiz amal qilishi kerak. Afsuski, ayrim loqayd kimsalarning bunga eʼtiborsizligi tufayli yongʻin hodisalari sodir boʻlib, qancha insonlarning hayoti xavf ostida qoladi.
Favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarning oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlarga qaramasdan ayrim fuqarolarning yongʻin xavfsizligi qoidalariga amal kilmasliklari, masʼuliyatsizliklari natijasida yongʻinlar sodir boʻlmoqda.
Shu yilning 8 oyi mobaynida tumandagi aholi turar joy binolari va molxonalarida 25 ta yongʻin hodisasi qayd qilindi. Shuningdek, 2 ta yongʻin hodisasi tuman paxta qabul qilish maskanlarida ham sodir boʻldi. Yongʻin kelib chiqishga asosan uyda maishiy elektr asboblardan va elektr tarmoqlardan notoʻgʻri foydalanish, uyda yosh bolalarning qarovsiz qoldirib ketilishi sabab boʻlgan. Molxonalar bilan bogʻliq yongʻinlar esa uy egalarning yaqin joyda chiqindilarni yoqib, qarovsiz qoldirib ketishi oqibatida kelib chiqqan.
Bunday noxush hodisalarning oldini olish uchun yongʻinning oldini olishga doir tartib-qoidalarga amal qilish, gaz va elektr uskunalardan toʻgʻri foydalanish, bolalarni uyda qarovsiz qoldirmaslik, turar joylar, korxona-tashkilotlar, muassasa binolaridagi suv qozonlari, oʻchoq pechlarning yaroqliligini, moʻrilari va gaz plitaning joʻmraklari sozligini tekshirib, koʻrikdan oʻtkazib turish kerak.
Taʼkidlash joizki, ayni kunlarda aholi tomonidan chorva qishlovi uchun somon gʻamlanib, aksariyat hollarda, xavfsizlik choralariga rioya qilinmayapti. Bunday eʼtiborsizlik baxtsiz hodisa sodir boʻlishiga, xunuk oqibatlarga olib keladi.
Yongʻin xavfsizligi qoidalariga rioya qilish barchaning burchidir. Zero, olov — tilsiz yov deb, bejiz aytilmagan. Hamisha yongʻinnnig oldini olishga harakat qilaylik. Yongʻin xavfsizligi qoidalariga qatʼiy amal qilaylik.
X.Hayitboyev, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi inspektori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶