HUQUQBUZARLIK SODIR QILGAN FUQAROLAR SUDDA YaRAShTIRILDI
11-sentyabr kuni Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi binosida oʻtkazilgan ochiq sud majlisida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismi bilan gumon qilinuvchi X.X. (ism-shariflar oʻzgartirilgan) va JKning 109-moddasi 2-qismi bilan gumon qilinuvchi F.A.larga oid jinoyat ishi koʻrib chiqildi.
Dastlabki tergov organi tomonidan X.X. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, jamoat tartibini buzayotganligini va jamiyatga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizlik qilayotganligini yaqqol anglagan holda shahar markazidagi katta koʻchada hammaning koʻz oʻngida fuqaro F.A.ga tan-jarohati yetkazganligi aniqlangan. Oʻz navbatida F.A. ham qasd olish maqsadida X.X.ni doʻpposlagan.

Sud-tibbiyot ekspertizasi tomonidan F.A.ga sogʻligʻining qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati yetkazilganligi, X.X.ga ham yengil tan jarohati yetkazilganligi toʻgʻrisidagi xulosa berilgan. Oqibatda X.X. oʻzining yuqoridagi xarakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni, F.A. esa oʻzining yuqoridagi xarakatlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda gumon qilinuvchi tariqasida ishga jalb qilindi.
Sudda gumon qilinuvchilar va jabrlanuvchilarning soʻzlari eshitildi, prokurorning fikri tinglanib, ish materiallari bilan taqqoslab, tekshirib chiqildi. Sud yakunida Oʻzbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 1-qismi bilan gumon qilinuvchi X.X va Oʻzbekiston Respublikasi JKning 109-moddasi 2-qismi bilan gumon qilinuvchi F.A.ga oid jinoyat ishi tegishli tartibda yarashilganligi munosabati bilan ayblilik haqidagi masalasi hal qilinmasdan harakatdan tugatildi.
S.Davletmurodov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶