25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 16:54
Jamiyat 👁 247

2130 NAFAR BOLALARGA MODDIY YoRDAM KOʻRSATILDI

2130 NAFAR BOLALARGA MODDIY YoRDAM KOʻRSATILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-iyuldagi “Koronavirus pandemiyasi davrida ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj aholi qatlamlarini moddiy qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq barcha hududlarda kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj kishilarga keng koʻlamli ijtimoiy yordam koʻrsatildi.

“Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini davom ettirish, moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalarning bolalarini qishki kiyim-bosh toʻplamlari, maktab formasi va oʻquv qurollari bilan taʼminlash maqsadidagi Prezidentimizning “Aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.

Joriy yilning 26-avgustida imzolangan mazkur Qarorda shu yilning sentyabr oyidan aholining moddiy yordam va koʻmakka muhtoj oilalar roʻyxati, yaʼni “temir daftar”ga kiritilgan oilalar, boquvchisini yoʻqotgan, nogironligi boʻlgan oilalarning har bir 16 yoshga toʻlmagan bolalari uchun 500 ming soʻm pul miqdoridagi bir martalik moddiy yordam koʻrsatilishi belgilandi. Ushbu Qaror ijrosini taʼminlash borasida tumanimizda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qarorga asosan  tumanda ehtiyojmand oilalar roʻyxati – “temir daftar”ga kiritilgan hamda boquvchisini yoʻqotgan, kam taʼminlangan oilalar bolalari va bolalikdan nogironligi boʻlgan 16 yoshga toʻlmagan bolalarga 500 ming soʻmdan bir martalik moddiy yordam pullarini berish uchun roʻyxat, toʻlov vedomostlari shakllantirildi. Ushbu roʻyxat asosida “Xalq banki” tuman filiali tomonidan  tuman boʻyicha jami 2130 nafar 16 yoshga toʻlmagan bolalarga bir martalik moddiy yordam pullari topshirildi. Ulardan 1491 nafarini boquvchisini yoʻqotgan oilalarning farzandlari, 639 nafarini nogironligi boʻlgan bolalar tashkil etdi.

Shu oʻrinda maʼlumot tariqasida aytish joizki, agar nogiron bolasi mavjud boʻlgan oila har oyda 466,6 ming miqdorida nogironlik nafaqasini olgan boʻlsa, joriy yilning sentyabr oyida ushbu oila qoʻshimcha 500 ming soʻm pulni oladi. Prezident Farmoni bilan 2020-yil 1-sentyabrdan boshlab, bolalikdan nogironligi sababli beriladigan eng kam nafaqa 10 foizga oshirilib, 513 ming soʻm miqdorida belgilanganligini hisobga olib, ushbu oila faqat sentyabr oyida 1 mln. 13 ming soʻm pul oladi.

“Temir daftar” roʻyxatiga kiritilgan oilalarda yashovchi bolalarga nisbatan bu roʻyxatlar tumandagi sektor rahbarlari tomonidan mahalla fuqarolar yigʻinlari xodimlari bilan birgalikda shakllantirilib, xalq deputatlari tuman Kengashi tomonidan tasdiqlangan. Ushbu roʻyxat asosida tumanimizdagi 1-sektor hududidagi 552 nafar, 2-sektor hududidagi 642 nafar, 3-sektor hududidagi 581 nafar, 4-sektor hududidagi 355 nafar 16 yoshga toʻlmagan ehtiyojmand, boquvchisini yoʻqotgan, kam taʼminlangan oilalar farzandlari hamda nogironligi boʻlgan jami 2130 nafar bolalarga umumiy qiymati 1 mlrd. 65 mln. soʻm miqdoridagi bir martalik moddiy yordam pullari topshirildi.

Bu kabi mehr-shavqat, saxovat va xayriya ishlaridan koʻngillari togʻday koʻtarilgan yurtdoshlarimiz ogʻir kunlarda oʻzlariga qaratilayotgan yuksak eʼtibor hamda muruvvat uchun hukumatimizga, barcha mutasaddi rahbarlarga minnatdorchilik izhor etdilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026