TINÇLIK UÇUN KURAŞIB, ORZUSIGA YeTGANLAR
Bugungi kunda xalqaro vaziyatning şiddat bilan özgarişi, davlatlararo ziddiyatlarning kuçayişi, yer yuzining turli mintaqalarida yangi nizo öçoqlarining paydo bölişi jahonning tinçliksevar xalqlarini, şu jumladan, özbekistonliklarni ham taşvişga solmoqda.
Yurtboşimiz taşabbusi bilan işlab çiqilgan Özbekiston Respublikasining taşqi siyosiy faoliyat kontseptsiyasi va şu asosda qabul qilingan Özbekiston Respublikasining Qonuni mintaqamizda tinçlik, barqarorlikni saqlaş va mustahkamlaşda muhim ahamiyatga ega bölmoqda.
Yurtimizda tinçlik, osoyiştalik köz qoraçiğiday avaylanişi bejiz emas. Çunki uruş – vayronagarçilik, azob-uqubat, bevaqt ölim, ayriliq. Xalqimizning ikkinçi jahon uruşi, afğon uruşi tufayli çekkan zahmatlari, alamlari hali unutilgani yöq. Otasi, ukasi, turmuş örtoğining doğida kuyib yaşayotganlar hali oramizda bor. Uruşdan yarimjon bölib kelib, umr böyi azoblarini kötarib yaşayotganlar ham bor. Ularning suhbatiga quloq tutsangiz, tinçlikning bebaholigiga yana bir bor amin bölasiz, sergak tortasiz.
Tumanimizning "Xolimbeg” ovulida 1923-yilda tuğilgan Rajab Eşmonov 18 yoşida harbiy xizmatga çaqirildi. Sobiq "Manğit” tumanidan harbiy xizmatga çaqiriluvçilar 7 kun mobaynida aravada yöl yurişib, Çorjöyga yetib borişdi va poyezdda ikkinçi jahon uruşiga jönatildi. 3 oy tayyorgarlik maşqlaridan söng jangga kirdilar.
Rajab Eşmonov Smolenskni nemislardan ozod qilişdagi qirğinbarot janglarda qatnaşdi. 1942-yilning dekabrida oğir yaralanib, qariyb bir yil Ivanovo şahrida joylaşgan harbiy gospitalda davolandi. 1943-yilda esa qöltiqtayoqda yurtiga qaytdi.
Uruşda böldim, yaradorman, deb ötirmay uyiga qaytganining ertasigayoq Rajab Eşmonov tuman harbiy komissariatining iltimosiga köra armiyaga çaqiriluvçilarni armiyaning dastlabki tartib-qoidalari bilan taniştira boşladi, harbiy maşğulotlar ötdi. Keyinçalik öz ovulida zootexnik, paxtaçilik brigadasi boşliği lavozimlarida işladi. 4 öğil, 2 qizni tarbiyalab voyaga yetkazib, uyli-joyli qildi. Hozir otaxonning 90 nafardan ziyod nevara, çevaralari bor. Yaqindaön oltinçi nevara kelin tuşirdi. Turli kasb egalari bölgan öğil-qizlar, nevaralar, çevaralar mehridan kuç olib, tilidan şukronasi tuşmaydigan otaxon hali bardam. Bolalariga yöl-yöriq berib ötiradi. Bugungiday tinç-dorilomon kunlarning qadriga yetişni örgatadi.
- Qirq yil qirğin bölsa-da ajali yetgan ölarkan, - deydi kulib xolimbeglik yana bir Ikkinçi jahon uruşi faxriysi Tilov Matnazarov. Otaxonning bu iqrori bejiz emas. U 1942-yilda uruşga jalb etilganida ayni 24 yoşida, toğni ursa, talqon etguday zabardast yigit edi. Harbiy xizmatda dastlabki tayyorgarlik maşqlari davomida uning ziyrak, aqlli va har qanday oğir damda ham özini yöqotmay, çora-tadbir köra olişi guruh yetakçisining diqqatini tortib, razvedka xizmatiga olindi. 5-marta turli darajada yarador bölsa-da, davolanib yana safga qaytib, 1945-yilning dekabrigaça, ğalabadan söng ham uruş oqibatlarini tugatişda iştirok etdi.
1945-yilning sönggi kunlaridan birida Xolimbekka qaytgan Tilov Matnazarov uruşda alohida xizmat qildim, yaradorman demay, paxtaçilik brigadasida tabelçi, brigada boşliği böldi. To qarilik nafaqasiga çiqquniça paxta va boşqada qişloq xöjalik mahsulotlari yetiştirişni köpaytirişga hissa qöşdi. Öz tajribalarini yoşlarga erinmay örgatdi.
Otaxon hozir bir asrni töldiriş ostonasida, 98 yoşida. Eşitiş qobiliyatining susayganini eʼtiborga olmaganda ziyrak, aqli teran. Beş nafar öğil, beş nafar qizni uyli-joyli qilib, ulardan körgan nevara-çevaralari sanoğidan baʼzan özi ham adaşib ketadi. Bayram, hayit kunlarida ularning bari bir yiğilişib qolsa, xonadonda töy bölib ketadi. Ulkan hovliga fayz berib ötirgan otaxonni bari qadrlaşadi, eʼzozlaşadi. Har biri turli kasbda, turli idoralarda işlaydigan farzandlar, nevara, çevaralar ulkan xonadonga kirib, otadan xabar olib turişadi.
- Dunyo, dunyo bölgandan beri bugungiday dorilomon kunlar bölgan emasdir-ov, - deydi otaxon. – Mustaqilligimiz şarofati bu. Yurtim deb, oilam, deb mehnat qilgan odam mehnatining rohatini körayapti. Keksayganimda bölsa-da şunday kunlarga yetkazganiga şukrona aytaman.
9-may - Xotira va Qadrlaş kuni munosabati bilan yöqlab borganimizdan otaxonning boşi osmonga yetdi. Şu bahona olovli uruş yillarini xotirladi. Jon olib - jon berilgan, nemislarning qurollarining öqlari yomğirday yoğilib turgan vaqtlarda qahramonona jang qilib halok bölgan quroldoş döstlarini eslab qurʼon tilovat qildi, yurtimizdagi tinçlik barqaror bölmoğini tiladi.
Bir neça soniyalik jimlikdan söng bizga hamrohlik qilgan ovul oqsoqoli Mirza aka Xolmurodov.
- Çindan-da tinçlikning bahosi yöğ-ov, - dedi xayolçan. - Tinçlik tufayli bugungiday tökinlikka, obodlikka erişayapmiz. Hozir xolimbegliklarning hovlisi eşigiga qulf urilmaydi, işonsangizlar. Deyarli har bir xonadonda yangi rusumdagi özimizning maşinalar eşik oldida turaveradi, çorvamiz esa ötloqda. Bu menimça, köngilning töqligi, közning töqligi. Iloyim, bu kunlarning söngini bersin, köz tegmagay.
Oqsoqolning tilaklariga barçamiz qöşildik.
Inson zoti borki, tinç-farovon, öz oilasi bağrida emin-erkin yaşagisi keladi. Biroq xalqimizning osoyiştaligiga rahna solişga uringan, tiş-tirnoğigaça qurollanib bosqinçilik maqsadini közlab ikkinçi jahon uruşi olovini yoqqan nemis-faşistlarga qarşi kuraş va ğalabaga erişiş uçun fidokoronajang qiliş yurtimizning har bir öğlonining şon-şaraf işiga aylangan edi.
Tumanimizning "Jumurovul”ida voyaga yetgan Abdulla Otajonov ham 21 yoşida 1942-yilda köngillilar safida ikkinçi jahon uruşiga jönadi. To yovuzlarça bostirib kirgan duşman taslim qilinib, uruş olib borilgan hududlarda uruş oqibatlarini tugatişgaça, 1946-yilning oxirigaça harbiy xizmatda böldi. Bir közidan yaralangan bölsada yaroqsizman, demadi. Uruşdan qaytgaç, qişloq xöjaligi işlarida işladi. Öğil-qiz östirib el qatoriga qöşdi. Hozir nevaralar, çevaralar tizilişib kelganida otaxonning boşi kökka yetib qoladi. Axir ular otaxon umrining davomçilarida.
Yurtboşimizning Farmoniga köra 9-may – Xotira va Qadrlaş kuni sifatida bayram qilinişi, uruş va mehnat faxriylariga ulkan hurmat-ehtirom körsatilişi ularni çeksiz şodlikka belamoqda. Faxriylar Yurtboşimizning, yurtdoşlarimizning eʼtiboridan mamnun bölişmoqda.
- Bundan ikki-uç yil oldin, 9-may bayrami arafasi edi, - deya hikoya qiladi Abdulla otaning kelini Olmagul. - Poçtalon Prezidentimizning Farmoniga köra uruş faxriylariga bayram sovğasi – pul tarqatib yurgan edi. Ayni sovğa kelgan kuni otam mehmonga ketgandi. Ertaga kela qoling, desam, poçtalon "özingiz olib qolavering-da”, deydi. Men:
- Yöq, otamning öziga bering, bir quvonsin, - dedim. Gap sovğada, pulda emas, eʼtiborda. Birov şunçaki söraşgani kirsa ham quvonib qoladi otam.
Uning sözlarini tinglay turib otaxonga qaraymiz. Öşa qon keçib yurgan olovli uruş yillarida boşidan ötgan azob-uqubatlari taʼsirimi yo 91 yillik dovon taʼsirimi yoş boladek jussasi kiçrayib, beğubor gödakday bölib qolibdi. Yigitlik, çoğlaridagi fidoyiliklaridan, matonatidan darak berib turgan köksidagi orden, medallarni nevaralar qiziqib tomoşa qilmoqda.
Pir-u badavlat otaxonning esa tilida doim şu tilak: yurt tinç bölsin! Bu hur zamon boqiy bölsin!
Yurtimiz fariştalari - nuroniy otaxonlarimiz tilagi umrimizga zeb, işlarimizga baraka berib turadi.
Baxtimizga ular salomat bölib, dunyo turgunça tursin!
Suratda: Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi Rajab Qozoqovni öquvçilar bayram bilan qutlamoqda (tepada). Xolimbeglik Rajab Eşmonov nevaralari davrasida.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶