Yoʻl transport hodisasi boʻyicha jinoyat ishi tomonlarning yarashgani munosabati bilan tugatildi
Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi, 2020-yil 10-avgust kuni oʻz binosida, ochiq sud majlisida, sud raisi S.Davletmuratovning raisligida, sudya yordamchisi E.Jumaniyozov, Amudaryo tuman prokurorining yordamchisi S.Yormuhammedov, Amudaryo tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi surishtiruvchisi katta leytenant M.Raximov, jabrlanuvchi A.Xaytakov va gumon qilinuvchi M.Yuldashovning ishtirokida, Oʻzbekiston Respublikasi JKning 266-moddasi 1-qismi bilan gumon qilingan Yuldashov Mansur Nazirbayevichga oid jinoyat ishini koʻrib chiqdi.
Dastlabki tergov organi tomonidan M.Yuldashov 2020-yil 18-iyun kuni soat 18:00lar atrofida, oʻziga tegishli boʻlgan davlat raqam belgisi 95X 537 GA boʻlgan “Neksiya-2” rusumli avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi xujjatlarsiz, Amudaryo tumani Arna boʻyi MFY hududidan oʻtgan “Urganch-Mangʻit-Turkmaniston” chegarasigacha asfalt yoʻlning 65-kilomerida boshqarib borayotib, quvib oʻtish maqsadida qarama qarshi yoʻnalishga chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-dekabr kungi 370-son qarori bilan tasdiqlanib, 2016-yil 1-mart kunidan amalga kiritilgan “Yoʻl harakati qoidalari”ning 83-bandini qoʻpol ravishda buzib, ushbu yoʻlda oʻz yoʻnalishida xaraktlanib kelayotgan A.Xaytakovning boshqaruvidagi “Vasxod” rusumli mototsikl bilan toʻqnashib, yoʻl transport xodisasini sodir qilgan, natijada A.Xaytakov tan jarohatini olib tuman tibbiyot birlashmasiga tushgan, A.Xaytakovga tayinlangan sud-tibbiyot ekspertizasining 2020-yil 9-iyul kungi 213-sonli xulosasiga koʻra, ogʻir darajadagi tan jarohatini yetkazgan.
Sud gumon qilinuvchi va jabrlanuvchining soʻzlarini eshitib, prokurorning fikrini tinglab, ish materiallari bilan taqqoslab, tekshirib chiqib, gumon qilinuvchi Yuldashov Mansur Nazirbayevichga oid jinoyat ishi JKning 661-moddasi bilan JPKning 84-moddasi 4-qismi tartibida yarashilganligi munosabati bilan ayblilik haqidagi masalasi hal qilinmasdan turib harakatdan tugatdi.
S.R.Davletmuratov, Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi raisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶