25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 18:21
Jamiyat 👁 597

BLOKPOSTLARDA KARANTIN QOIDALARIGA AMAL QILINIShI NAZORAT QILINMOQDA

BLOKPOSTLARDA KARANTIN QOIDALARIGA AMAL QILINIShI NAZORAT QILINMOQDA

Maʼlumki keyingi kunlarda koronavirus kasalligining keng tarqalib ketishining oldini olish va bartaraf etish borasida koʻpgina chora-tadbirlar koʻrilayotganiga qaramay, yurtimizda kasallanish holatlari kamaymayapti, kasallikning yangi-yangi oʻchoqlari paydo boʻlayapti. Shularni inobatga olgan holda 10-iyuldan mamlakatimizda qatʼiy karantin cheklovlari oʻrnatildi. 8-iyuldan ushbu kasallik tumanimizda ham qayd etilishi munosabati bilan Amudaryo tumani “qizil” hudud toifasiga oʻtkazilgan edi.

Koʻpchilik hollarda kasallik simptomlarsiz, tashqi belgilarsiz namoyon boʻlmoqda. Natijada kasallikka chalingan shaxslar bozor va koʻchalarda, jamoat joylarida yurib, oʻzlari bilmagan holda uni koʻpchilikka yuqtirmoqda. Statistikaga koʻra, koronavirus infektsiyasini yuqtirib olgan bir bemor 5 kecha-kunduzda oʻrtacha 2-3 kishiga virus yuqtiradi. Shularni inobatga olgan holda koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Amudaryo tuman shtabi bir qator cheklov choralarini kiritishga qaror qildi.

Jumladan, joriy yil 18-19-iyul hamda 25-26-iyul shanba va yakshanba kunlari respublika miqyosida amal qiladigan qatʼiy karantin choralari Amudaryo tumanida 20-24-iyul kunlari ham toʻliq amalda boʻladi.

Yaʼni, 20-iyuldan boshlab 26-iyulgacha hafta davomida Amudaryo tumani hududida aholining va avtotransport vositalarining harakati toʻliq toʻxtatildi. Bu vaqt mobaynida aholiga “oʻzini oʻzi yakkalash” hayot tarziga qatʼiy rioya etgan holda oʻz uylarida qolish tavsiya qilindi. Tashkilotlarga esa xodimlarni imkoni boricha ishga jalb etmaslik, yoki masofadan ishlashi uchun sharoit yaratish topshirildi. Tumanimizning ichki yoʻllarida va tumanimizga kirib kelinadigan yoʻllarda 4 ta blokpostlar tashkil etilib, ushbu obʼektlarda Ichki ishlar, Milliy gvardiya va tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi xodimlarining tun-u kun navbatchiligi yoʻlga qoʻyildi.

Blok postlarda xushyor xodimlar karantin cheklovlariga qaramay, oʻz shaxsiy avtotransportlarida yoʻlga chiqqan haydovchilar, shuningdek, piyoda, velosipedda ketayotgan shaxslarning maqsadlarini surishtirib, ularni uyda qolishga va natijada kasallik zanjirining uzilishiga hissa qoʻshishga chaqirmoqda.

Tumanimiz hududlaridagi yoʻllarda kuchaytirilgan karatin choralari joriy etilganiga qaramasdan, turli maqsadlar bilan yoʻlga chiqqan yurtdoshlarimizni uchratishimiz mumkin. Yoz jaziramasida, oftob tigʻida ham zimmasidagi sharafli burchiga sodiq Ichki ishlar, Milliy gvardiya, tuman Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari sergaklik bilan vazifalarini ado etayaptilar, postlarda fuqarolarni toʻxtatib, profilaktik tushuntirish ishlarini olib borayaptilar. Bundan koʻzlangan maqsad – tumanimizda sanitariya-epidemiologik osoyishtalik oʻrnatilishiga, koronavirus infektsiyasining jilovlanishiga va natijada xalqimizning tinch-osoyishta hayotga qaytishiga erishishdir.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026 Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi ▶ Bayram arafasida yangi binolar foydalanishga topshirildi 02.09.2026