14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 14:44
Jamiyat 👁 866

90 NAFAR QIZLARGA OʻQIShGA TAVSIYaNOMA BERILDI

90 NAFAR QIZLARGA OʻQIShGA TAVSIYaNOMA BERILDI

Joriy yilning 23-iyunida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti  asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida xotin-qizlarga tanlovda ishtirok  etish uchun tavsiyanoma berish va ularni  oʻqishga qabul qilishni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlangan edi.

Mamlakatimizda kam taʼminlangan hamda ota-onasining ikkisi ham ishsiz oilalarda, shuningdek toʻliqsiz, oilalarda tarbiyalanayotgan qizlarni qoʻllab-quvvatlash va ularning oliy taʼlim olishiga, oʻzi istagan mutaxassisligini  egallab, hayotda oʻz oʻrinni topishiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Vazirlar Mahkamasining maxsus qarori bilan tasdiqlangan Nizomga koʻra, tavsiyanoma kam taʼminlangan oiladan chiqqan, toʻliqsiz oilada tarbiyalanayotgan, 14 yoshgacha boʻlgan ikki yoki undan ortiq farzandlarni tarbiyalayotgan oilalar qizlari, boshqa qarindoshlaridan alohida yashayotgan yolgʻiz ayol yoki erkaklarning qizlari, shaxsiy uy-joyiga ega boʻlmagan ijarada yashayotgan oilalar, ota-onalaridan biri yoki har ikkisi ishsiz boʻlgan va ish qidiruvchi shaxs sifatida Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlarida hisobda turganlar oilalari qizlari, shuningdek, nogironligi boʻlgan farzandi bor oilalardan chiqqan xotin-qizlar ushbu tavsiyanomani olishlari mumkin.

Har yili xotin-qizlarga buningdek tavsiyanomalarni berish boʻyicha Ishchi guruh tuziladi. Tuman yoki shahar Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari tavsiyanoma olish maqsadida murojaat etgan xotin-qizlarning hujjatlarini har yili 10-mayga qadar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligiga, viloyatlar boshqarmalariga taqdim etadi.

Ishchi guruh tomonidan tumanlarda saralab olinib, qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari uchun tanlovda ishtirok  etishga  tavsiya etilgan xotin-qizlarning  roʻyxati har yili 15-iyunga qadar shakllantirilib, Davlat test markaziga taqdim etiladi.

Amudaryo tumanida ushbu qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimida tuman hokimi oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yuldashev rahbarligida Ishchi guruhi tuzildi. Uning tarkibiga tuman Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish, moliya, Adliya boʻlimlari boshliqlari, Tibbiyot birlashmasi, Xalq taʼlimi va Maktabgacha taʼlim, Ichki ishlar boʻlimlari rahbarlari, Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi, tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari guruh aʼzoligiga kiritildi.

Ishchi guruhiga joriy yilning 24-iyun – 10-iyul kunlari tuman boʻyicha tavsiyanoma olishni soʻrab 184 nafar xotin-qizlar murojaat etishdi. Ulardan Nizom talablariga muvofiq tegishli hujjatlar qabul qilib olindi.

Ishchi guruhi tomonidan xotin-qizlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlar oʻrnatilgan tartibda birma-bir batafsil oʻrganildi, belgilangan mezonlarga mos kelishi tahlil etildi, oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosida qabul koʻrsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma olishga hujjat topshirgan nomzodlarning hujjatlari batafsil oʻrganildi. Natijada joriy yilning 15-iyul kuni 90 nafar xotin-qizlarga oliy taʼlim muassasalariga qoʻshimcha davlat granti asosidagi qabul koʻrsatkichlari doirasida tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berildi.

Tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yuldashev, boʻlim boshligʻining birinchi oʻrinbosari Muqaddas Beknazarova, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudayberganov, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Raxmatilla Matqurbanov, tuman Moliya boʻlimi xodimi Abdulla Rahimov, tuman Maktabgacha taʼlim boʻlimi xodimi Ibragim Rajapovlar ishtirok etishdi. Tavsiyanoma olgan qizlar oʻzlariga oliy taʼlim olishlari uchun yaratilayotgan bu imkoniyatdan juda mamnun ekanliklarini izhor etishdi.

Oygul RAJABOVA

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019