15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 22:15
Jamiyat 👁 345

TUMAN OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XALQ BILAN HAMNAFAS

TUMAN OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI XALQ BILAN HAMNAFAS

Jamiyat hayotida OAV alohida oʻrin tutadi. Milliy matbuotimiz rivojiga ulkan hissa qoʻshgan ulugʻ bobokalonimiz Abdulhamid Choʻlpon ham “Matbuot hukumatning xalq bilan jonli muloqoti va unga bajargan ishlari haqida hisobot berish minbaridir” degan edi. Ushbu fikrlar haliga qadar oʻzining ahamiyatini yoʻqotmagan. Soha fidoyilari boʻlgan jurnalistlar mehnati bilan matbuot rivojlanishda davom etmoqda.

Tumanimizda chop etilib kelayotgan “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi ham zamonga hamnafas qadam tashlab, aholining axborotga boʻlgan ehtiyojini taʼminlab kelmoqda. “Taraqqiyot koʻzgusi” va uning ilovasi “Mening oilam” gazetalari tuman hayotining haqiqiy koʻzgusi desa ham boʻladi. Gazetalarimiz sahifalarida yoritilayotgan mavzular dolzarbligi, hayotiyligi bilan mushtariylari koʻnglidan oʻrin olgan. Tahririyatning jonkuyar xodimlari tomonidan turli mavzudagi, janrdagi maqolalar, xabarlar keng yoritilmoqda. Tahririyatimiz hisobidagi ikkita xizmat avtomashinalarida gazetalarimiz tumanimizning chekka joylaridagi obunachilarga ham tezkor yetkazib berilmoqda.

2014-yilda tahririyat binosi mukammal taʼmirlanishi natijasida ancha zamonaviy koʻrinishga ega boʻldi. Bugun tahririyatda faoliyat yurituvchi har bir xodimning xonasi kompyuter, ofis jihozlari bilan taʼminlangan.

Zamon bilan hamnafas boʻlish maqsadida tahririyat negizida 2012-yildan mustaqil OAV maqomini olgan amunews.uz sayti ishga tushirildi. Endilikda ushbu sayt orqali barcha internet foydalanuvchilari tumanimiz hayotiga doir jarayonlarni kuzatib borish imkoniyatiga ega. Ushbu sayt eng koʻp koʻriladigan 500 ta internet resurslari qatoridan joy olgan.  Shu oʻrinda tahririyat qoshida tashkil etilgan “Jayhun sadosi” internet-radiosi ham oʻz auditoriyasiga ega ekanligini eʼtirof etish joiz. 2015-yilda tashkil qilingan “Jayhun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti ham isteʼdodli yoshlarni qoʻllab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Tashkilot tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy targʻibot tadbirlari tashkil qilinib, yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda. Tashkilot tarkibidagi yangi adabiyotlar jamlangan kutubxona tumanimiz kitobsevarlarining sevimli maskaniga aylanishga ulgurdi. 2020-yilda yangidan “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi davlat korxonasi”  nashriyoti tashkil qilingani va ayni paytda ushbu nashriyot tomonidan turli yoshdagi ijodkorlarning ijod namunalarini kitob holida chop etish yoʻlga qoʻyilgani ham  tahririyat ijodiy jamoasining hamkorlikda qoʻlga kiritgan yutugʻi hisoblanadi.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi 2015-yil “Eʼtirof” Respublika tanlovida “Eng yaxshi hududiy gazeta” yoʻnalishi boʻyicha 1-oʻrin sohibi boʻldi. Tahririyat 2015-yilda Oʻzbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasining “Faxriy yorligʻi” bilan ham taqdirlandi. Tahririyat Oliy majlis huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlovchi jamoat fondi tomonidan tashkil etilgan 15 tadan ziyod tanlovlarda oʻz loyihalari bilan ishtirok etib, grant mablagʻlarini qoʻlga kiritdi va loyihalarni amalga oshirishda huquqiy organlar, jamoat tashkilotlari, mahallalar va taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda ish olib borildi.

Amudaryo televideniyesi ham mana 10-yildirki, turli janrlardagi koʻrsatuvlari bilan tomoshabinlar eʼtiborini qozonib kelmoqda.

Amudaryo televideniyesi koʻrsatuvlari 2010-yildan efirga uzatilib, oʻsha yilning 2-sentyabridan faoliyat boshlab televideniye tahririyati tumandagi “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati bilan hamkorlikda faoliyat olib bora boshladi. Ikkala tahririyat oʻrtasidagi ijodiy hamkorlik natijasida gazetada chop qilingan koʻplab ocherklar, maqolalar asosida telekoʻrsatuvlar tayyorlanib, efirga uzatildi. Telekanal orqali namoyish qilingan yangiliklar asosida tayyorlangan xabarlar esa gazetada chop etildi. Oʻtgan davr mobaynida televideniye tuman aholisining axborotga boʻlgan ehtiyojini taʼminlab, tumandagi yangiliklar bilan tanishtirishga oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelmoqda. Namoyish etilgan teledasturlar, tuman hayotining barcha sohalaridan tayyorlangan telemateriallar, albatta, tomoshabinlarga manzur boʻlayapti.

Telekanal dasturlari dastlab haftada 3 kun, kuniga  2 soatdan, faqatgina Mangʻit shahri va shahar atrofidagi hududlarda  efirga uzatildi. Hozirgi kunda esa telekanal koʻrsatuvlari Mangʻit, Nukus, Qoʻngʻirot va Moʻynoq shaharlaridagi raqamli televizion stantsiyalari orqali kuniga 18 soat efirga uzatilib, nafaqat tumanimiz, balki Qoraqalpogʻistonning deyarli barcha hududlari, hatto Xorazm viloyatining, qoʻshni Turkmaniston Respubikasining ayrim hududlari aholisi ham telekanalning rang-barang koʻrsatuvlaridan bahramand boʻlmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasida raqamli televideniyega texnik va texnologik oʻtish boʻyicha Davlat dasturi asosida Amudaryo telekanali ham 2019-yilning yanvar oyidan boshlab analog tizimdan raqamli formatga oʻtkazilishi natijasida teledasturlarni uzatish xizmatlarining sifat koʻrsatkichlari tubdan yaxshilanib, efir vaqti va telekanal dasturlarining tarqatilish hududlari kengaydi.

Tuman hokimligining  amaliy yordami bilan 2019-yilda telekanal tahririyati joylashgan binoda kapital taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Natijada turli mavzulardagi tok-shoular, informatsion dasturlar, koʻngilochar hamda bolalarbop koʻrsatuvlarni tasvirga olish uchun yetarli sharoitlar yaratildi.

Tahririyat bir necha marta Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondi tomonidan ajratilgan davlat grantlari gʻolibi boʻldi va qator loyihalarni amalga oshirdi.

Efirga uzatilayotgan teledasturlar orqali tahririyat milliy istiqlol gʻoyalarini targʻib qilish, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, aholining siyosiy, huquqiy va tibbiy madaniyatini oshirish, mamlakatimizda roʻy berayotgan islohotlarni keng targʻib qilish hamda millatlararo totuvlik munosabatlarini mustahkamlashga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Oʻz ustida ishlab, televideniyening imkoniyatlaridan samarali foydalangan holda teletomoshabinlarga biri-biridan qiziqarli koʻrsatuvlar tayyorlab kelayotgan tahririyatning ijodiy va texnik xodimlari doim izlanishda.

Mana shu ahil va intiluvchan ijodiy jamoaning samarali mehnatlari natijasida telekanal Qoraqalpogʻistonda faoliyat yuritayotgan telekompaniyalar ichida birinchilardan boʻlib, jonli efirni yoʻlga qoʻydi. Qolaversa, internetdan samarali foydalanilib, ijtimoiy tarmoqlarning teleefir uzatish dasturiy taʼminotiga integratsiya qilingani teletomshabinlar bilan faol va jonli muloqot oʻrnatilishiga zamin yaratmoqda.

Jurnalistlar xalqqa yaqin boʻlishi, ommaviy axborot vositalari esa jamiyat va fuqarolar oʻrtasidagi koʻprik vazifasini bajarishi lozim. Bu tumanda faoliyat koʻrsatayotgan  matbuot, televideniye va radio tahririyatining oldiga qoʻyilgan eng oliy maqsadlardan biri hisoblanadi. Ana shu ezgu maqsadni amalga oshirish yoʻlida matonat bilan xizmat qilayotgan OAV jonkuyarlari, fidoyilariga ijodiy barkamollik, yuksak parvozlar tilaymiz.

Ozoda XUDOYBERGANOVA, jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026