TAʼTIL HAM MAQSADLI VA MAZMUNLI ÖTMOQDA
Bizning 1-maktab jamoasi 2019-2020 öquv yili koronavirus infektsiyaga qarşi örnatilgan karantin davrida onlayn darslarda faol iştirok etişi bilan taşabbuskorligini yana bir bora isbotladi.
Şu jumladan, men rahbarlik qilayotgan 7-“v” sinfda olib borilgan onlayn darslarga öquvçilar qiziqişi yanada oşdi. Nafaqat öquvçilar, ularning ota-onalari ham eʼtibor qaratib, farzandlarining bu tarzda ilm olişiga öz hissalarini qöşdilar va şaroit yaratdilar.
Öquvçilar internet tarmoğidan unumli foydalanib, onlayn darslardan taşqari ham köplab izlanişlar qilişdi, topşiriqlarni bajarib bordi, yangiliklardan xabardor bölib bordi, öquvçilar har kuni aʼlo baholar olişga intildi.
Hozirgi kunda ham biz fan öqituvçilari tögarak kanal oçib, öquvçilarning geografiya faniga bölgan qiziqişlarini oşirib bormoqdamiz.
Odatda köpçilik ota-onalar yozgi taʼtilni farzand tarbiyasida xotirjam, taşvişlarsiz ötadigan davr deb hisoblaydi. Lekin farzandlari maktabdan uzilib, tarbiyasida böşliq paydo bölib qolişidan xavotir olişmaydi.
Masofadan turib öqitiş afzalliklaridan foydalangan holda, şu boisdan ayni kunlarda ham tögarak maşğulotlariga bolalarni jalb qilib, taʼtil kunlarining ham maqsadli, mazmunli ötişiga harakat qilayapmiz.
Dilfuza ÖPOZBOYeVA,
1-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶