KOʻChAMIZGA IChIMLIK SUVI KELTIRILDI
Tumanimiz markazidagi eski mavzelardan biri boʻlgan Goʻnaqalʼa hududidagi, yaʼni Beruniy nomli mahallaning “Hunarmandlar” koʻchasi aholisini ichimlik suvi bilan taʼminlash uchun quvurlar tortilib, har bir xonadonga ulab berildi. Shu paytgacha aholi suvni uzoqdan olib kelib, ishlatib kelayotgan edi. Endilikda hammasi unut boʻldi. Aholi qish kunlarida qiynalib, uzoqdan suv keltirishdek mashaqqatli ishdan xalos boʻldi.
Har bir xonadon hovlisiga tuman Suv tarmoqlari korxonasi tomonidan suv quvurlari oʻrnatilganidan, toza ichimlik suvi yetkazib berilayotganidan katta-yu kichik juda minnatdor boʻldi. Ilgari shu koʻchadan oqib oʻtuvchi Mangʻit arnadan va quduqlardan suv ichayotgan aholi suv muammosidan qutulib, hovli va tomorqalarini obod etishga kirishib ketdi.
Y.Boltaboyev, Beruniy nomli mahalla.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶