MAST BOʻLDI, MASʼULIYaTNI UNUTDI
Haydovchi qaysi turdagi transport vositasini boshqarishidan qatʼiy nazar, uni boshqarishda barcha uchun umumiy boʻlgan bir qoidaga amal qilishi shart. Yaʼni, transport vositasini mast holatda, sezgirlik va eʼtiborni susaytiruvchi dori-darmonlar taʼsirida, yoʻl harakati xavfsizligiga tahdid soladigan charchoqlik va betob holatida boshqarmasligi talab etiladi. Bu talablar haydovchilik guvohnomasi olayotgan har bir shaxs uchun qatʼiy qoida hisoblanadi. Lekin ayrim haydovchilar bu qoidalarni yo unutib qoʻyadi, yo mensimaydi.
Tumandagi qishloqlardan birida yashovchi Pavshan Poʻzimov (ism-sharifi oʻzgartirildi) ham “shaytonning suvi”dan anchagina tatib qoʻydi-yu, hushi boshidan uchdi. Kayfi tarang boʻlib, mashina ruliga oʻtirdi. Hatto chorrahada, svetoforning qizil chirogʻida toʻxtab turgan oldindagi avtomobilni ham payqamadi, avtomashinasida toʻgʻri borib, oʻsha avtomobilning orqasidan urildi. Qoʻrquvdan oʻzini unutgan P.Poʻzimovning kayfi sal tarqaganday boʻldi va mahalla ichkarisiga qochib, qutulmoqchi boʻlganida yana bir transport hodisasini sodir etdi. U endi mahalla koʻchasi boʻylab velosiped haydab ketayotgan bolani mashinasi bilan urib yubordi va... yana qochib qoldi. P.Poʻzimov tomonidan sodir etilgan birinchi YTHda zararlangan avtomobil egasi velosiped haydovchisi boʻlgan bolani TTBga olib borib, birinchi tibbiy yordam koʻrsatilishini taʼminladi. Haqiqiy huquqbuzar P.Poʻzimov esa mastlik oqibatida yoʻl qoʻygan xatosini kech boʻlsa-da anglab yetdi. Toʻqnashuv sodir etib, zararlagan avtomobil egasiga barcha moddiy zararlarini toʻladi, velosiped egasining sogʻligini tiklashi uchun yordam berdi va yangi velosiped olib berdi.
Maʼmuriy ishlar boʻyicha tuman sudida ushbu maʼmuriy ish hujjatlari atroflicha koʻrilib, P.Poʻzimovning bu qilmishi OʻzPMJtKning tegishli moddalari asosida maʼmuriy jazoga hukm etildi. Unga koʻra, P.Poʻzimov 1-yil 6 oy muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etildi va jarima jazosi tayinlandi.
Yoʻl – tasodiflarga toʻla, deymiz. Ana shu tasodifiy holatlarning sababkori koʻpincha masʼuliyatni unutgan haydovchilar boʻlishadi. P.Poʻzimovning masʼuliyatsizligi oqibatida bir inson moddiy zarar koʻrdi, yana bir inson maʼlum vaqt sogʻligini qisman yoʻqotuvchi jarohat oldi. P.Poʻzimovning oilasi esa ana shu yetkazilgan zararlarni qoplash, huquqbuzarligi uchun qoʻllanilgan jarima jazosi uchun bir necha million soʻm mablagʻni davlat gʻaznasiga toʻlashga majbur boʻldi.
M.KAPIMBOYeVA,
Maʼmuriy ishlar boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶