15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 22:14
Jamiyat 👁 249

IShChI GURUH AʼZOSI G. UBBIYeVA AHOLI XONADONLARIGA TAShRIF BUYuRDI

IShChI GURUH AʼZOSI G. UBBIYeVA AHOLI XONADONLARIGA TAShRIF BUYuRDI

Butun dunyoni larzaga solgan koronavirus pandemiyasi davrida joriy qilingan karantin qoidalari xalqimizni nafaqat ogoh yashashga, balki oʻz turmush tarzini isloh qilishga ham oʻrgatdi. Har bir xonadon, har bir oila sohibi uchun sogʻlom hayot sari intilish oltin qoidaga aylandi. Bu esa kundan-kunga chiroy ochib borayotgan obod qishloq va mahallalar qiyofasida oʻz aksini topmoqda.
Ayni kunda tumanimizning qaysi goʻshasiga bormang, biri-biridan soʻlim va fayzli koʻchalar, bogʻ-rogʻlarga burkangan hovli-yu xonadonlarni koʻrib, qalbingiz havasga, faxrlanish tuygʻusiga toʻladi. Butun  mamlakatimiz boʻylab “Jonajon yurtim obodligiga oʻz hissamni qoʻshaman!” shiori ostida davom etayotgan obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish tadbirlari tumanimiz ovul va mahallalarida tobora keng tus olayotganiga guvoh boʻlasiz. Mazkur shior ostida Qoraqalpogʻiston Respublikasi mahallalaridagi xonadonlarni yanada obod va koʻrkam qilish boʻyicha 2020-yil iyun-avgust oylarida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar ijrosi bilan tanishish maqsadida joriy yilning 15-16-iyun kunlari Qorqalpogʻiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligi bosh mutaxassisi, ishchi guruh aʼzosi Gulasen Ubbiyeva tumanimizda boʻlib, ovul va mahallalar fuqarolar yigʻinlari masʼullari hamda aholi vakillari bilan uchrashdi.
Gulasen Ubbiyeva tuman Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi bosh mutaxassisi Gavhar Chimboychiyeva hamrohligida Doʻrman, Qilichboy, Oʻrta qalʼa ovullari hamda Ayoqchi, Xizr eli, Mangʻit shahrining Doʻstlik va Boyovul mahallalarida boʻlib, mazkur hududlardagi obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Gulasen Ubbiyeva uyma-uy kirib borib, aholi bilan muloqotlar oʻtkazish jarayonida koʻchalarning ozodaligiga, uylarning fasad qismlarida olib borilgan taʼmirlash va pardozlash ishlarining sifatiga, koʻrkamligiga, har bir ovul va mahalladagi namunali koʻcha, namunali xonadon, eng orasta tomorqaga aholida eʼtibor berdi. Har bir ovul va mahallada ana shu kabi shinam, fayzli, obod xonadonlarni koʻpaytirish zarurligini taʼkidladi.
Shuningdek, Gulasen Ubbiyeva Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi masʼullari hamrohligida tumandagi kam taʼminlangan oilalar ahvolidan ham xabar oldi. Xususan, Doʻrman ovulida yashovchi Gulshod Tojiboyeva, Gulnora Xoʻjametova, Qilichboy ovulida istiqomat qiluvchi Muqaddas Tajimurodova hamda Xizr eli mahallalik Bogʻdagul Masharipovalarning oilalarida boʻlib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni oʻrgandi. Kam taʼminlangan oilalarga homiy tashkilotlar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatildi.
Bu sinovli kunlar ham ortda qolib, yana avvalgi hayot tarzi davom etishiga xalqimizda umid va ishonch katta. Shu bois tumanimiz aholisi ham karantin qoidalariga amal qilib, oʻz uylarida tomorqa va boshqa yumushlar bilan band boʻlishmoqda.
Pandemiya sharoitida davlatimiz tomonidan berilayotgan koʻmak, koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikdan nihoyatda mamnun boʻlgan oilalar masʼullarga minnatdorlik bildirdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026