15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 22:14
Jamiyat 👁 356

OʻGʻIRLIKNING OXIRI XORLIK BOʻLDI

OʻGʻIRLIKNING OXIRI XORLIK BOʻLDI

 Shu yilning 11  iyunida Beshtom mahallasida tuman Ichki ishlar  hamda  Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari hamkorligida  jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, bunda fuqarolarni  ham hushyorlik  va ogohlikka chaqirish maslalalariga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Ulugʻbek Xudoyberganov, tuman hokimi oʻrinbosari, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi boshligʻi Alisher Yoʻldoshev, Beshtom mahalla fuqarolar yigʻini raisi Ozod Siytimovlar ishtirok etdilar. Masʼullar yigʻilishda dastlab jamiyatimizda amal qilinayotgan qonuniy-meʼyoriy hujjatlarga  boʻysunish, sogʻlom hayot kechirish har bir fuqaroning burchi ekanligi, aks holda qonuniy jazoga tortilishi muqarrarligi haqida yigʻilish ishtirokchilariga keng tushunchalar berdilar.
  Yigʻilishda ishtirok etgan mahalla fuqarolar yigʻini masʼullari, faollari va aholi vakillari ham kun tartibidagi masala yuzasidan oʻzlarining fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Shuningdek, mahalla hududida ikki kunda ikkita oʻgʻirlik jinoyatini sodir etgan, hatto voyaga yetmagan oʻgʻlini ham oʻzining tuban ishiga yaʼni navbatdagi oʻgʻirlik jinoyatiga sherik qilgan va jinoyati issiq izida fosh etilib, el ichida oʻgʻri degan nom olgan fuqaroning ishlariga ham munosabatini bildirdilar.
Gap shundaki, ushbu jinoyatni sodir etgan aybdor Qipchoq ovulida istiqomat qiluvchi fuqarolardan birining Beshtom mahallasi hududida,  uyidan ancha yiroqda,  fermer xoʻjaligi dalasida bogʻlab qoʻyilgan, bozor bahosi ikki yarim mln. soʻmcha keladigan hoʻkizini koʻrib, unga ega chiqishni istab qoladi. Shu niyatni amalga oshirish niyatida  yarim kechada, hamma orom olayotganda hoʻkizni oʻgʻirlab ketadi va oʻz uyiga olib borib bogʻlab qoʻyadi. Shu tariqa osongina pul topish mumkinligidan quvonib, oradan ikki kun oʻtgach, ushbu mahallada istiqomat qiluvchi yana bir fuqaroning uyi oldidagi bostirmasiga bogʻlab qoʻyilgan sogʻin sigirini  hali voyaga yetmagan, maktab oʻquvchisi boʻlgan oʻgʻli bilan birga oʻgʻirlab, uni ham  jinoyatiga  sherik qiladi. Hayot insonga ezgu amallar, xayrli ishlar qilishi uchun ato etilgan imkoniyat ekanligini,   qilgan har bir yaxshi ishi  bilan hayotini  bezashi lozimligini qalbiga singdirishi, orqasida elaro yaxshi nom qozonib yashashi lozimligini oʻrgatish oʻrniga, u oʻz zurriyodini ham nopok yoʻlga boshladi.
Oʻgʻriga mol koʻp. Lekin hech biri soʻrovsiz emas. Buni mazkur fuqaro ham xonadoniga tuman Ichki ishlar boʻlimining jinoyat qidiruv boʻlinmasi xodimlari kelib, ogʻilida  turgan ikki molni egalarining qoʻliga tutqazib, oʻzining qoʻliga kishan solib, olib ketishganida anglaganday boʻldi. Uning qilmishlari aynan u jinoyatlarni sodir etgan mahallada muhokama etilgani bejiz emas. Xalqimizda oʻzingga ehtiyot boʻl, qoʻshningni oʻgʻri tutma, degan ibora bor.
  Ha, chindan-da, halol mehnatlari evaziga bunyodga kelgan mol-u davlatini har kim oʻzi koʻz qorachigʻiday asrashi, masʼuliyat bilan qarashi, nopok  insonlardan ehtiyot qilishi ham zarur. Aks holda yuqorida bayon qilganimizday, oʻgʻriga oʻlja boʻlishi ham mumkin.
  Yigʻilishda bu haqda batafsil soʻz yuritildi, mahalla hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida olib borilayotgan ishlarni  yanada yaxshilash, yozgi taʼtil kunlarida oʻquvchilarni ham nazoratsiz qoldirmaslik, tarbiyani aynan bolaning yoshligidan boshlash lozimligi haqida aholi fikr-mulohazalari ham tinglandi.
Yigʻilishda ikki kunda ikki oʻgʻirlik jinoyatini sodir etib, birovlarning halol moliga ega chiqmoqchi boʻlgan, ammo jinoyati fosh boʻlib, elaro yuzi shuvut boʻlgan  fuqaro ham qoʻllariga kishan solingan holda jabrlanganlardan uzr soʻradi, qilgan qilmishlaridan pushaymonligini bildirdi. Endi uning aybiga yarasha jazosini odil sud beradi. Bundan toʻgʻri, tegishli xulosa chiqarish,  takror sodir boʻlishining oldini olish esa hammaga daxldor vazifa.
Shuni unutmaylikki, bu dunyoda halol yashash, farzandlarini halol rizq bilan boqish har bir ota-onaning burchi. Oʻgʻirlikning oxiri esa xorlikdir. Bu yillar davomida oʻz isbotini topib kelayotgan haqiqatdir.

Orifjon Qosimov, Ichki ishlar boʻlimi HPB boshligʻi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026