15.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.10.2026, 22:14
Jamiyat 👁 398

AMUDARYoLIK ShIJOATLI YoShLAR

AMUDARYoLIK ShIJOATLI YoShLAR

Mamlakatimizda yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va ragʻbat ularni yangi-yangi gʻoyalar bilan yashashga ruhlantirmoqda. Ayni paytda davlat va jamiyat boshqaruvida, shuningdek, biznesni taraqqiy ettirishda, umuman olganda, barcha soha rivojida salohiyatli yoshlar muhim oʻrin tutadi. Yangidan-yangi tashabbus va gʻoyalarni hayotga tatbiq etishda, zamonaviy ish uslublarini joriy qilishda jamiyat uchun “yangi qon” vazifasini oʻtovchi ana shu qatlamning nuqtai nazari va olib borayotgan saʼy-harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois, mamlakatimizda zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga ola biladigan, intiluvchan yoshlarni tarbiyalashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
2018-yil 27-iyun sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni bilan “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturining tasdiqlanishi yurtimiz yoshlari hayotida yangi sahifa ochdi. Ushbu hujjat bilan yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning istiqbolli gʻoyalari va loyihalarini roʻyobga chiqarishlarida koʻmaklashish, shu asosda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni bartaraf etish, pirovardida yoshlar bandligini taʼminlash ustuvor vazifa qilib belgilandi. Albatta, Davlat dasturida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash borasidagi amaliy ishlarning katta-katta maqsadi bor, lekin ularni amalga oshirishda ikkilanib, qiyinchiliklarga duch kelayotgan minglab, millionlab yoshlarni ruhlantirdi, tashabbuskor yoshlar dadillik bilan maydonga chiqdilar.

Amudaryolik yoshlar ham oʻtgan qisqa vaqt ichida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning ham tashabbuskorlari, ham faol ishtirokchilariga aylanishdi. Xususan, dastur ijrosini taʼminlash boʻyicha tumanda 2018-yil uchun 12 ta loyihaga 2 mlrd. 555 mln. soʻm kredit mablagʻlari ajratilib, 65 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi, yaʼni ishlab chiqarish sohasida 5 ta, maishiy xizmat koʻrsatish sohasida 7 ta loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Natijada har ikki soha boʻyicha 65 nafar uyushmagan yoshlar doimiy ish bilan taʼminlandilar. Shuningdek, “bir fermerga bitta yosh” loyihasi doirasida 62 nafar uyushmagan yoshlarning mavsumiy bandligi taʼminlandi. Ularga bugʻdoy hosilidan  boʻshagan yerlar hisobidan takroriy ekin ekish uchun 1 gektardan yer maydoni ajratib berildi.

Bu kabi ishlar 2019-yil izchil davom ettirildi. 2019-yil davomida “Yoshlar –kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida manzilli reja asosida yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash komissiyasi tomonidan qiymati 19 mlrd. 383 mln. soʻmlik 85 ta loyiha maʼqullanib, 505 ta yangi ish oʻrinlari yaratilishi rejalashtirildi va 25 ta loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilib, 165 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi.

Dastur doirasida amalga oshirilgan loyihalar tufayli yuzlab amudaryolik yoshlarning bandligi taʼminlandi, tadbirkor, intiluvchan yoshlar qoʻllab-quvvatlanib, oʻz bizneslarini muvaffaqiyatli yuritishlari uchun imkoniyatlar yaratib berildi. 2020-yilda esa Davlat dasturi doirasida 15 ta loyihaga 3 mlrd. 800 mln. soʻm kredit mablagʻlari ajratilishi evaziga 57 ta yangi ish oʻrinlari yaratish rejalashtirilgan.

Tumanda tadbirkorlik sohasida yuqori natijalarga erishayotgan yoshlar koʻp. “Produktion material” MChJ korxonasi rahbari va taʼsischisi Javlonbek Yoʻldoshev ana shunday yoshlardan biri. Oʻz bilim va iqtidorini tadbirkorlik sohasida sinab koʻrishga qaror qilganida oliy taʼlim dargohi talabasi edi. Javlonbek Yoʻldoshev oʻz tadbirkorligini qurilish materiallari ishlab chiqarish yoʻnalishini tashkil etishdan boshladi. Mamlakatimizda yoshlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va keng imkoniyatlardan foydalanish maqsadida “Yoshlar – kelajagimiz” Davlat dasturi doirasida 2019-yilning dekabr oyida gʻisht, temir-beton va beton mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 1 mlrd. 500 mln. soʻm imtiyozli bank krediti olib, oʻz faoliyatini kengaytirishga qaror qildi. Olingan mablagʻ hisobiga temir-beton va beton mahsulotlarini ishlab chiqarish uskunalarini sotib oldi. Ayni paytda korxona tsexlariga keltirilgan yangi texnologiya va uskunalarni oʻrnatish ishlari olib borilmoqda. Gʻisht ishlab chiqarish zavodi esa toʻla quvvat bilan ishlab, mazkur zavodda 49 nafar qilichboylik yoshlar faoliyat yuritishmoqda. Gʻisht zavodida kuniga 18-20 ming dona pishiq gʻisht ishlab chiqarilib, tumandagi qurilish tashkilotlariga va yakka tartibda imorat qurayotgan aholiga yetkazib berilmoqda.

Korxonaning yangi tsexi – temir beton va beton mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishidagi loyihani amalga oshirish jarayonida yana qoʻshimcha oʻnlab qilichboylik yoshlarning doimiy ish bilan taʼminlanishi koʻzda tutilgan.

Javlonbek Yoʻldoshev oʻz tashabbusi va gʻoyalarini amalga oshirish jarayonida nafaqat iqtidorli tadbirkor ekanligini, balki yuksak insoniy fazilatlarini ham namoyon etmoqda. U butun dunyoda global muammoga aylangan koronavirus pandemiyasi davrida 20 ta kam taʼminlangan oilani oʻz otaligʻiga olgan. Mazkur oilalarda tez-tez boʻlib, muammolarini oʻrganish va hal etishga koʻmaklashish bilan birga, ularni kundalik oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlab kelmoqda.

Prezidentimiz tadbirkor, intiluvchan yoshlarni bekorga Oʻzbekistonning  taraqqiyoti, kelajagi yoʻlidagi ishlarni amalga oshirishda jamiyat uchun “toza qon” deb atamagan. Chunki sogʻlom fikrli, yuksak xalqparvar gʻoyalari va  tashabbuslari bilan mamlakat kelajagini yaratish yoʻlida dadil oldinga intilayotgan Javlonbek Yoʻldoshev singari yoshlar haqiqatdan ham yangi Oʻzbekistonning teran tomiriga aylanishiga shak-shubha yoʻq.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026