16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 01:12
Jamiyat 👁 864

TUMAN HUDUDIDA KARANTIN QOIDALARIGA RIOYa QILISh BOʻYIChA REYD TADBIRLARI OʻTKAZILDI

TUMAN HUDUDIDA KARANTIN QOIDALARIGA RIOYa QILISh BOʻYIChA REYD TADBIRLARI OʻTKAZILDI

Yurtimizda qariyb uch oydan beri davom etayotgan koronavirus infektsiyasiga qarshi kurash borasida oʻrnatilgan karantin tartibi kasallik maʼlum maʼnoda jilovlanayotganligi tufayli biroz yumshatildi. Bu ayrim fuqarolarda mavjud tartiblarga sal beparvolik bilan qarash kayfiyatini tugʻdirmoqda. Buni keyingi haftada kasallikning yangi oʻchoqlari paydo boʻlayotganidan, asosan yangi holatlarning aholi orasida qayd etilayotganidan ham his qilish qiyin emas.

Xoʻsh, bu borada tumanimizda ahvol qanday? Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya nazorati Davlat inspektsiyasi boshqarmasi Nukus filiali inspektori Nargiza Doʻschanova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi EKB katta eksperti, mayor Rashid Shonkakov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qoʻriqlash boshqarmasi Milliy gvardiya xodimi, mayor Marat Abdiyev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimi Roxat Xoʻjalapasov, tuman Ichki ishlar boʻlimi  profilaktika inspektori, katta leytenant Marat Siypatdinov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi Amudaryo tuman filiali bosh mutaxassisi Ilhom Yusupov va boshqa masʼullar tomonidan 4-8-iyun kunlari davomida nazorat tadbirlari oʻtkazilganida ”Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-mart kungi 176-sonli Qarori talablariga barcha ham birday amal qilmayotganligi aniqlandi. Bu borada reyd tadbirlari oʻtkazilganida Mangʻit dehqon bozori va atrofidagi savdo doʻkonlari karantin qoidalariga zid ravishda faoliyat koʻrsatayotgani yetmaganday, mahsulotlarini doʻkonlar tashqarisiga ham olib chiqib sotayotganligi, doʻkonlar ichkarisidagi xaridorlar oraliq masofa saqlamayotganligi, koʻpchilik oziq-ovqat doʻkonlarida sotuvchilar tibbiy niqob taqmasdan, qoʻlqop kiymasdan savdo qilayotganligi aniqlandi va aybdorlar karantin qoidalarini buzganligi uchun maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Shu hududdagi “Ravshanbek-Yulduzxon” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli savdo majmuasi kirish eshigiga dezinfektsion toʻshama qoʻyilmagan, xaridorlarning tana haroratini oʻlchash uchun teplovizor, antiseptik vositalar bilan taʼminlanmagan, xaridorlar orasida oraliq masofalar saqlanmagan. Bu boradagi kamchiliklar majmua rahbariga teran tushuntirildi va ogohlantirildi.

Nazorat ishlari tuman Xalq taʼlimi boʻlimida davom ettirilganida ham karantin qoidalarining qoʻpol ravishda buzilish hollari uchradi. Bino kirish eshigida dezinfektsion toʻshama mavjud emas, xodimlar va tashqaridan keluvchilar roʻyxati maxsus jurnalda qayd etilmayapti, xodimlarning ayrimlari tibbiy niqobsiz faoliyat yuritayotir. Mazkur holat yuzasidan maʼmuriy bayonnoma tuzildi.

Shuningdek, tuman Davlat xizmatlari markazida ham koronavirus infektsiyasiga qarshi kurashish chora-tadbirlariga toʻla amal qilinmayotganligi aniqlandi. Bino kirish eshigida dezinfektsion toʻshama mavjud emas. Xuddi shunday kamchilik “Hududgaz Qoraqalpogʻiston” MChJning “Amudaryo tumangaz” gaz taʼminoti filialida ham bor.

Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimida ham kirish eshikda dezinfektsion toʻshama mavjud emas, xodimlar va  tashrif buyuruvchilar maxsus jurnalda qayd etilmagan, tana haroratini oʻlchash uchun teplovizor yoʻq, antiseptik vositalar bilan taʼminlanmagan. Bu haqda reyd davomida maʼmuriy bayonnoma tuzildi.

Nazorat tadbiri Mangʻit Dehqon bozori atrofida davom ettirilganida niqobsiz harakatlanayotgan fuqarolar aniqlanib, maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Tuman Moliya boʻlimida ham bino kirish eshigiga  dezinfektsion toʻshama qoʻyilmagan. Ishga kelgan xodimlar va tashrif buyuruvchilar roʻyxati qayd etilmayapti, tana haroratini oʻlchash uchun teplovizor mavjud emas, antiseptik vositalar  bilan taʼminlanmagan. Bu boradagi kamchiliklarni va karantin qoidalarini tushuntirish uchun boʻlim rahbariyatidan biron masʼul xodimni topishning ham iloji boʻlmadi, navbatchi oqrali boʻlim rahbariga qoʻngʻiroq qilinganida chaqiruvga javob bermadi.

Mangʻit shahrining Berdaq koʻchasida joylashgan “Davumovlar” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga qarashli savdo shoxobchasi karantin davrida ham faoliyat yuritib, muzqaymoq, yaxna ichimliklar, spirtli ichimliklar bilan savdo qilinayotganligi yetmagandek, xizmatchi tibbiy niqobsiz savdo qilayapti. Ushbu savdo shoxobchasida sanitariya, karantin qoidalari, meʼyorlari va gigiyena talablari buzilganligi uchun maʼmuriy bayonnoma tuzildi. Reyd tadbirlari koʻpgina savdo-sotiq joylari, faoliyatiga ruxsat berilgan korxona-tashkilotlarda ham davom ettirilganida belgilangan karantin choralari, tartib va talablarga amal qilinmayotgani maʼlum boʻldi.

Buningdek kamchiliklar boshqa obʼektlar nazorat qilinganida ham uchrar, ehtimol? Biz respublikamiz fuqarolariga shuni eslatib qoʻymoqchimiz: koronavirus infektsiyasiga barcha birdek hamjihatlikda kurashib, karantin qoidalariga, shaxsiy gigiyena qoidalariga toʻla amal qilsagina jilovlanishi mumkin. Bu hech kimning yodidan koʻtarilmasligi kerak. Hududlarda nazorat tadbirlarining tez-tez oʻtkazilayotganidan koʻzlangan maqsad ham shu.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026