Amudaryolik yoşlarga YoI Qoraqalpoğiston Kengaşining minnatdorçilik xati berildi
Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni butun dunyo bolalari uçun eng beğubor va quvonçli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu hayot mazmuni, avlod davomçisidir. Bola tabassumi beğubor, u insonlar qalbida hayotga, yaşaşga bölgan zavqni oşiradi.
Mamlakatimizda uşbu bayram har yili katta tantana bilan nişonlanadi. Sababi Özbekiston – bolajon yurt, xalqimiz esa azaldan bolajon xalq. Mustaqillikning dastlabki yillarida Özbekiston qöşilgan ilk xalqaro şartnomalar qatorida Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasidan söng, aynan “Bola huquqlari töğrisida” konventsiya turişi ham buning yaqqol isbotidir.
Taʼkidlaş kerakki, yurtimizda ertamiz kelajagi bölgan farzandlarimizning taʼlim-tarbiya olişlari uçun keng imkoniyat, şart-şaroitlar yaratilib, alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jajji bolajonlarimizni maktab yoşiga qadar bölgan davrda ilk taʼlim-tarbiya maskanlari – maktabgaça taʼlim muassasalarini taşkil qiliş, malakali, yuksak salohiyatli tarbiyaçilar qölida bolajonlarimizga boşlanğiç bilim, könikma va malakalarini hosil qilişlari uçun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
Şuningdek, bugungi kunda maktab öquvçilari orasidan qobiliyatli, iqtidorli öquvçilarni ajratib oliş, ulardagi ijodkorlik, taşabbuskorlik xususiyatlarini yanada rivojlantirişga, erişgan yutuqlari uçun rağbatlantirib, öz ustida yanada işlaşga undaş borasida samarali işlar qilinmoqda.

Xususan, 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qiliş kuni munosabati bilan amudaryolik bir qança iqtidorli yoşlar Özbekiston Yoşlar ittifoqi Qoraqalpoğiston Pespublikasi Kengaşi raisi A.Daniyarov nomidan “Minnatdorçilik xati” bilan rağbatlantirildi. Tuman XTBga qaraşli 86-sonli umumtaʼlim maktabi öquvçisi, Özbekiston Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi sardori Qunduzbek Yöldoşev hamda 31-sonli maktabning 6-sinf öquvçisi, kamalak sardori Azizbek Aminboyev öz sardorlik faoliyatlarini namunali olib borganliklari, köplab körik-tanlovlarda faol iştirok etib faxrli örinlarni egallaganliklari, tengdoşlariga örnak bölganliklari uçun rağbatga loyiq deb topildilar. Taşabbuskor yoşlar bayram arafasida Özbekiston Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi tomonidan mazkur mukofot bilan taqdirlandilar.
Şahnoza Xöjamurodova,
31-sonli maktab Yoşlar ittifoqi yetakçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶