IPAK QURTI BOQISh MAVSUMI DAVOM ETMOQDA
Pillachilik qadim-qadimdan yetti xazinaning biri hisoblanib kelingan.
Har yili zimmalaridagi rejalarini ortigʻi bilan ado etib kelayotgan bu daromadli soha xodimlari joriy yilgi mavsumda ham ipak qurtlari parvarishi bilan astoydil shugʻullanishmoqda.
May oyining 7-10 kunlari oraligʻida tumanimizning turli hududlarida tashkil etilgan 16 ta inkubatoriyalarda 3768 quti xorijiy navli ipak qurti urugʻlari jonlantirilib, 1492 nafar kasanachilarga va 266 ta fermer xoʻjaliklariga tarqatildi. Har bir quti ipak qurti uchun 240 000 soʻmdan mavsum boshida boʻnak puli berildi.
Pilla hosili yigʻishtirib olingach, topshirilgan har bir kilogramm pilla uchun 20 ming 400 soʻmdan haq toʻlash rejalashtirilgan.
Pillakorlar kunni-kun, tunni-tun demay mehnat qilishmoqda. Boisi, ipak qurtlari ulgʻaygani sayin ozuqaga, yaʼni tut bargiga ehtiyoj ortadi.
Mavsum davomida ozuqa taqchilligi yuz bermasligi uchun tumanimizda tut plantatsiyalari tobora kengaytirilmoqda.
Bu yil koʻklamda ham 343 ming dona tut koʻchatlari yangidan ekildi va 50 gektarga yaqin maydonda yangi tutzorlar barpo etildi.
Tumanimizda muhim tarmoqlardan biri hisoblanmish pillachilikdan yuqori hosil yetishtirish va moʻl daromad olish uchun kurash tobora qizgʻin tus olmoqda.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶