9 NAFAR ShAXS USTIDAN MAʼMURIY NAZORAT OʻRNATILDI
Mamlakatimizda inson shaʼni, qadr-qimmati ustun sanaladi. Biroq jamiyatimizdagi meʼyoriy-huquqiy qonun-qoidalarni mensimaslik, boʻysunamslik noqonuniy harakatlar sodir etish – fuqaroga odil sud tomonidan jazo choralari koʻrilishiga sabab boʻladi.
Agar fuqaro ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir qilgan boʻlsa, jazoni ijro etish muassasalaridan boʻshatilgandan keyin ham Oʻzbekiston Respublikasining “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq, uning ustidan belgilangan tartibda maʼmuriy nazorat oʻrnatiladi.
Shu yil 28-may kuni Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi majlislar zalida tumanimizning muqaddam ogʻir va oʻta ogʻir jinoyat sodir etib, jazosini oʻtab, ozodlikka chiqqan 9 nafar shaxs ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatishga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi S.Davletmurodov, tuman prokurori yordamchisi S.Yormuhammedov, tuman Ichki ishlar boʻlimining HPB boshligʻi, mayor O.Qosimovlar ishtirokida oʻtkazilgan yigʻilishda maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxslar bilan tez-tez, yakka tartibda profilaktik suhbatlar oʻtkazib turish, ushbu shaxslar tomonidan qayta jinoyat sodir etish holatlarining oldini olish, umuman, tumanimizda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish masalalari muhokama qilindi va bu boʻyicha tegishli masʼullarga topshiriqlar berildi.
S.DAVLETMURODOV,
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶