AYoLLAR HAQ-HUQUQLARI QONUN HIMOYaSIDA
Mamlakatimizda ayollarni qadrlash, ularga munosib turmush sharoiti yaratish maqsadida koʻplab davlat dasturlari, qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilingan. Shu asosda jamiyatimizda ayollar faolligini oshirish, ularning tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishlari uchun shart-sharoitlar yaratib berish borasida koʻplab istiqbolli ishlar amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda ayol-qizlarning haq-huquqlari himoyalanishini taʼminlash maqsadida “Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqliligi kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilinib, unda gender tengligi masalalari ilgari surildi. Ushbu qonunga asosan xotin-qizlarning davlat boshqaruvida faoliyatini belgilash, gender tengligiga zid boʻlgan har qanday cheklovlarni olib tashlash boʻyicha normalar kiritildi. Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi endilikda ayollarni tazyiq va zoʻravonlikdan himoya qilishning tizimini yaratdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Mazkur Qonunga asosan, tazyiq va zoʻravonlikdan jabr koʻrgan xotin-qizlarga himoya orderi berilishi norma sifatida kiritilib oʻtdi. Ushbu yangi termin, yangi yoʻnalish boʻlib kirdi.
Xoʻsh, himoya orderi nima, u qanday tartibda va kimlarga beriladigan degan savollar tugʻilishi shubhasiz. Himoya orderi – tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga davlat himoyasini taqdim etuvchi, xotin-qizlarga tazyiq oʻtkazayotgan yoki ularga nisbatan zoʻravonlik sodir etgan shaxsga yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsga nisbatan Qonunda belgilangan taʼsir koʻrsatish choralari qoʻllanishiga sabab boʻladigan hujjat. Himoya orderi tazyiq va zoʻravonlikdan jabrlanuvchiga beriladi. Tazyiq oʻtkazgan yoki zoʻravonlik sodir etgan shaxsga yoxud ularni sodir etishga moyil boʻlgan shaxsga uning nusxasi beriladi. Himoya orderi 30 kun muddatgacha beriladi va ushbu order rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran kuchga kiradi. Himoya orderida bir qator cheklovlar beriladi.
Himoya orderining joriy etilishi kelgusida sodir etilishi mumkin boʻlgan ogʻir va oʻta ogʻir turdagi jinoyatlar, shuningdek, oila-turmush munosabatidagi jinoyatlarning barvaqt oldini olishga xizmat qilmoqda.
D.Sharifova, tuman IIB HPB Xotin-qizlar masalalari boʻyicha katta inspektori, katta leytenant.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶