16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 02:25
Jamiyat 👁 579

“Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida ehtiyojmand oilalarga koʻmak berilmoqda

“Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida ehtiyojmand oilalarga koʻmak berilmoqda

Mamlakatimizda koronavirus epidemiyasiga qarshi oʻz vaqtida koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida koʻplab hududlar bu xavfdan saqlab qolindi. Shunga qaramay, aksariyat viloyat va tumanlarda korxonalar oʻz ishini toʻxtatgan yoki toʻliq quvvat bilan ishlamayapti.

Taʼkidlash kerakki, butun dunyoda boʻlgani kabi bu murakkab jarayon yurtimizni ham chetlab oʻtayotgani yoʻq. Shunday vaziyatda aholining ehtiyojmand qatlamini qoʻllab-quvvatlash maqsadida Prezidentimiz ham oʻzbek xalqining tarixiy va maʼnaviy qadriyatlarini, mehr-saxovat, oqibat va himmat kabi yuksak fazilatlarini inobatga olgan holda, “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakatini yoʻlga qoʻyish tashabbusini ilgari surdi.

“Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida qilinayotgan ishlar butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham qizgʻin tus olmoqda. Xususan, 4-sektor hududida yashovchi kam taʼminlangan oilalarga "Saxovat va koʻmak" umumxalq harakati doirasida koʻmak berish maqsadida tumanda faoliyat yuritib kelayotgan 57 ta tadbirkorlik subʼektlari, korxona va tashkilotlar biriktirildi. Ayni paytda kam taʼminlangan oilalarga oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatish, naqd pul koʻrinishida va band boʻlmagan insonlarni doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish orqali amaliy yordam koʻrsatib kelinmoqda. Xususan, hozirga qadar sektor hududidagi kam taʼminlangan oilalarga jami 31 mln. soʻmlik moddiy yordam koʻrsatilgan boʻlib, shundan 171 ta oilaga 30 mln. soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi. 6 ta oilaga 1 mln. soʻmlik naqd pul koʻrinishida yordam berildi. Shuningdek, kam taʼminlangan oilalarda yashovchi 24 nafar fuqaro mavsumiy ishlarga joylashtirildi va ularning har biriga 751 ming soʻmlik ish xaqi olishlarga imkoniyat yaratib berildi.

 

 

Sektor hududidagi pandemiyaga qarshi kurashishda faol qatnashib, ehtiyojmand oilalarga begʻaraz yordam koʻrsatib kelayotgan tadbirkorlardan Jumaboy Avezmetov va Azim Avezmetovlar tomonidan Chordara mahallasida yashovchi 20 nafar kam taʼminlangan ehtiyojmand oilaga jami 8 mln. soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi. Shuningdek, tumanda faoliyat yuritib kelayotgan  “Yulduz-Qunduz” koʻp tarmoqli xususiy firmasi ham Qangli ovul fuqarolar yigʻinidagi ehtiyojmand 8 ta oilalarning har biriga 200 ming soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatib, muhtojlarga yordam koʻrsatdi.

Kun sayin ortib borayotgan bu kabi xayrli tadbirlar Qilichboy ovulidagi Ayoqchi mahallasida ham ish amalga oshirildi.

Tumanimizdagi saxovatpesha tadbirkorlardan biri yakka tadbirkor Oygul Boltaboyeva Ayoqchi mahallasidagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj 24 ta xonadonga saxovat va koʻmak qoʻlini choʻzdi. Tadbirkor xayrli tadbir doirasida xonadonlarga yogʻ, tuz, kartoshka, sabzi, karam, piyoz kabi 6 xildagi oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatdi. Saxovatdan bahramand boʻlgan oilalar bundan juda mamnun boʻldilar va minnatdorlik izhor etdilar. Tadbirkor Oygul Boltaboyeva muhtojlarga muruvvat koʻrsatib, ularning ogʻirini yengil qildi.

Shuningdek, Mangʻit chegara qoʻriqlash vzvodi va Ayoqchi chegara qoʻriqlash vzvodi harbiylari ham xuddi shunday xayrli ishga qoʻl urdilar.

Mazkur vzvodlar komandirlari va oʻrinbosarlari chegara oldi hududida yashovchi kam taʼminlangan xonadonlar holidan xabar olib, moddiy koʻmak berdilar. Ular 13 turdagi birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari, koronavirusdan himoyalanish uchun antiseptik vositalarni tarqatib, koʻpchilikning duolarini oldilar. Yurtimizda tarqalgan koronavirus pandemiyasi tufayli oʻrnatilgan karantin talablariga koʻra, uyda oʻtirgan, moddiy yordamga muhtoj boʻlib qolgan oilalarga xayr-saxovatni yetkazishda ularga Qilichboy ovuli hamda Durunki mahallasi raislari Bahrom Qodirov va Shuhrat Jumaniyozovlar yaqindan yordam berdilar.

Karantin davrida tumandagi ehtiyojmand oilalarga koʻmak berib kelayotgan “Amudaryo tex” xorijiy korxonasi tomonidan navbatdagi xayriya ishlari amalga oshirildi. Mangʻit shahridagi Olmazor, Gulzor, Navoiy, Beruniy va Oybek nomli mahallalarda amalga oshirilgan xayriya tadbirlari davomida hududda yashovchi 96 ta kam taʼminlangan, muhtoj oilalarning har biriga 135 ming soʻmlik, jami 12 mln. 960 ming soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilib, muruvvat koʻrsatildi. Tadbirda qatnashgan korxona direktori Bozorboy Safarboyev, direktor oʻrinbosari Omonboy Yusupovlar ushbu oilalarda yashovchi vaqtincha ishsizlarga korxonadagi boʻsh ishchi oʻrinlar haqida ham maʼlumotlar berib oʻtdilar.  Tumanda “Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasidagi tadbirlar yanada keng tus olib, davom etmoqda. 

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026