Tumandagi “Madad” huquqiy maslahat byurosi tomonidan bepul huquqiy maslahat beriladi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taklifiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-sentyabrdagi «Aholiga huquqiy axborotni yetkazish va yuridik yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qaroriga asosan aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonlik darajasini oshirish, aholiga bepul huquqiy yordam koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida «Madad» — muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkiloti tashkil etildi. Qarorga asosan, «Madad» — muassasa shaklidagi nodavlat notijorat tashkilotining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boʻlinmalari, shuningdek, tumanlarda ularning huquqiy maslahat byurolari bosqichma-bosqich ishga tushirildi.
Tashkilot bugungi kunda Amudaryo tumanida ham oʻz faoliyatini olib bormoqda. Mamlakatimizda joriy qilingan ayni karantin vaqtida tashkilot oʻz faoliyatini masofaviy ish usuliga oʻtkazdi. Huquqiy maslahat byurosi tomonidan tuman aholisini qiziqtirgan barcha sohalar, aniqrogʻi mehnat munosabatlari, oilaviy munosabatlar, uy-joy va kommunal masalalari, fuqarolik, sogʻliqni saqlash, ijtimoiy himoya, talim, sud-huquq, tadbirkorlik, soliqlar, davlat xizmatlari, transport, isteʼmolchi huquqlari va boshqa sohalar boʻyicha yuzaga kelgan huquqiy masalalar boʻyicha bepul huquqiy maslahat berilib kelinmoqda.
Aholiga uydan chiqmagan holda Amudaryo tumani huquqiy maslahat byurosiga telegramm bot (Madadnnt_bot) orqali yoki «Advice.uz» (e-maslahat.uz) huquqiy axborot portalidan onlayn tarzda huquqiy masalalar boʻyicha savollarga yechim topish imkoniyati yaratildi. Endilikda huquqiy maslahatga ehtiyoji bor fuqarolar +998996800068 telefon raqamiga murojaat qilishlari yoki byuroning ijtimoiy tarmoqlardagi Telegram (https://t.me/Madadnnt_bot), Facebook (https://www.facebook.com/adviceuz), YouTube (https:www.youtube.com/adviceuz), Instagram (http://instagram.com/madadnnt) kanallarini ham kuzatib borishlari mumkin.
Aygul Masheripova, Amudaryo tumani «Madad» huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶