EKOLOGIK PAPTIYa DEPUTATLAPI XAYPIYa TADBIPLAPINI OʻTKAZIShDI
Jamiyat hayotida roʻy berayotgan voqea-hodisalarga befarqlik – nafaqat oʻsha jamiyat uchun, balki ziyolilar uchun ham maʼnaviy halokatdir. Allohga beadad shukurlar boʻlsinki, bizning jamiyatimizda bunday illatga moyillik barmoq bilan sanarli. Buni ayni paytdagi koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash jarayonidan ham yaqqol anglash mumkin. Kimdir oʻzi va oila aʼzolari, qolaversa, mahalladoshlari sogʻligiga befarqlik qilib, kasallik xavfini oshiruvchi holatlarga yoʻl qoʻyib, karantin qoidalariga rioya qilmayotgan boʻlsa, kimdir elim, yurtim, deb oʻzini ayamay fidoyilik qilmoqda. Yuzlab, minglab saxovatpesha insonlar, tadbirkorlar, ziyolilar va deputatlar xalqning ogʻirini yengil, mushkulini oson qilish uchun masʼullik tuygʻusi bilan beorom yashamoqdalar.
Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham koronavirus pandemiyasi kirib kelishi va tarqalashining oldini olishga qarshi kurash sharoitida xalqimizni qoʻllab-quvvatlash, ularning mushkullarini oson qilish maqsadida olib borilayotgan xayriya tadbirlari kun sayin oshib borayotganidan dalolatki, har qanday vaziyatda hamisha birdam va ahil xalqimiz bu sinovni oʻz sobit harakatlari, mehr-u oqibati bilan yengib oʻtadilar.
Xayriya tadbirlarida siyosiy partiyalar vakillari ham faol ishtirok etishmoqda. Ayniqsa, ekologiya partiyasidan saylangan xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari bu borada faollik koʻrsatishmoqda. Ekologiya partiyasi tuman Kengashi raisi Saʼdulla Sodiqov rahbarligida tuzilgan targʻibot guruhi aʼzolari deyarli har kuni xalq orasiga kirib borib, olis ovul va mahallalarda istiqomat qiluvchi aholiga koronavirus pandemiyasidan saqlanish, virus yuqtirib olmaslik uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilish, bunda uyda qolib, oila aʼzolari davrasida boʻlish oʻta muhim ahamiyat kasb etishi xususida tushunchalar berishmoqda. Bu borada 29-Qangli saylov okrugidan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Qangli qishloq vrachlik punkti mudirasi Zamira Saparova tomonidan olib borilayotgan tashviqot tadbirlari eʼtiborga munosib. Z.Saparova har bir fuqaroning tibbiy niqoblardan foydalanish madaniyati, tibbiy madaniyati yuzasidan zarur tushuncha va tavsiyalar berib bormoqda.

Ekologiya partiyasi aʼzosi, 11-Oʻrta qalʼa saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Hamro Xoʻjayev esa Oʻrta qalʼa ovulidagi 20 ta kam taʼminlangan oilalarning har biriga 193000 soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlarini xayr-ehson sifatida oʻz hisobidan yetkazib berdi.
Ekologiya partiyasi tuman Kengashi raisi 7-Oybek saylov okrugidan xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Saʼdulla Sodiqov Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi qoʻmitasi raisi Mahmud Norboyev bilan birgalikda Mangʻit shahrining Navoiy nomli mahallasidan 5 ta, Oybek nomli mahallasidan 5 ta oilaga 1 mln. 446 ming soʻmlik kundalik oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berdilar.

Albatta, bugungiday murakkab vaziyatda uylarida qolib, sinovli damlarni boshidan kechirayotgan yurtdoshlarimizni qoʻllab-quvvatlash, kamxarj oilalarga yordam koʻrsatish, ularning koʻngillarini koʻtarish, xayr-u ehsonlar qilish ham yuksak insoniylik sifatlaridandir. Sinovli kunlarda birdam boʻlish, qalban hamjihatlikda yashash, uyda qolib, koronavirusdek ofatga qarshi qalqon boʻlayotgan fidoyi insonlarni qoʻllab-quvvatlash har birimizning burchimizdir. Ana shu burchga sodiq boʻlsak, albatta, biz barcha sinovlarni dadil yengib oʻtamiz.
Aziz yurtdoshlar, Siz uyda qoling, oila davrasida xotirjam boʻling. Siz-u biz uchun ishda boʻlgan har bir fidoyiga madadkor boʻling!
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶