AHOLI UChUN KOʻChMA SAVDO YaRMARKALARI TAShKIL ETILMOQDA
Oʻzbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash boʻyicha maxsus komissiyaning 2020-yil 3-apreldagi yigʻilishi bayoniga koʻra, “Karantin sharoitida aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan uzluksiz va qulay sharoitda taʼminlashning vaqtinchalik tartibi”da belgilangan vazifalar tuman Prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan holda amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning 4-aprel sanasidan boshlab, tumanimizning olis qishloq va ovullarida, mahallalarida istiqomat qilayotgan aholi uchun asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek boshqa kundalik ehtiyoj mollari, dori-darmon va antiseptik tibbiyot vositalari bilan savdo qiluvchi koʻchma savdo yarmarkalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Ana shunday koʻchma savdo yarmarkalari 4-aprelda Jumurtov shaharchasida, 6-aprel sanasida esa Doʻrman OFYda tashkil etilgan edi. Amir Temur nomli ovul fuqarolar yigʻini aholisi ham koʻchma savdo yarmarkasi faoliyatidan bahramand boʻlishdi. Koʻchma savdo yarmarkasida ovulning 400 nafardan ziyod aholisi ishtirok etishib, oʻzlari uchun zarur boʻlgan mahsulotlarni xarid qildilar. Xususan, yarmarkada aholi
Ana shunday koʻchma savdo yarmarkasi Qangli ovulida ham tashkil etildi. Ovul aholisi asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini arzon va qulay narxlarda xarid qilishlari uchun sharoit yaratib berildi. Un va makaron, qandolatchilik mahsulotlari, kartoshka, piyoz, sabzi, karam kabi kundalik eng zarur mahsulotlar, shuningdek, koʻchma ijtimoiy dorixona orqali tibbiy buyumlar va antiseptik vositalarni mamnuniyat bilan xarid qilishdi.
Darhaqiqat, el boshiga ish tushganda el-yurt fidoyilari saralanadi. Ular xalqning ogʻiriga yelka tutib, mushkullarini oson qilishga shaylanadilar. Ayni kundagi murakkab vaziyatda xalqimiz hayotiga doir muammolarini hal etish, ularga yelkadosh boʻlish maqsadida kun-u tun beorom yashayotgan soha xodimlarining borligi koʻngillarga xotirjamlik bagʻishlaydi.
Tuman Prokuraturasi, Davlat Soliq inspektsiyasi, ichki ishlar, Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimlari, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi, Favqulodda vaziyatlar boʻlimi va boshqa muassasa va tashkilotlar xodimlari har kuni ishda, xalq osoyishtaligi, salomatligi va xotirjamligi yoʻlida fidoyilik koʻrsatishmoqda. Tumanimizga koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan birdamlik bilan oʻz vazifalarini ado etishmoqda.
Bu borada tuman Prokuraturasi, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining tuman boʻlimi, shuningdek Davlat Soliq inspektsiyasi hamkorlikda amalga oshirayotgan koʻchma savdo yarmarkalari olis qishloqlarda istiqomat qilayotgan tumanimiz aholisiga qulayliklar yaratib, ularning mushkulini oson, uzogʻini yaqin qilmoqda.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶