Tumanda karantin qoidalariga amal qilinişi böyiça nazorat ötkazilmoqda
Mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi sababli joriy qilingan karantin davrida qatʼiy çeklovlar, çora-tadbirlar örnatildi. Qatʼiy karantin örnatilgan dastlabki kunlarda ommaviy axborot vositalari, internet tarmoqlari orqali aholiga batafsil tuşunçalar berildi. Şu barobarida bunday şaroitda karantinga olingan, oğir ahvolga tuşib qolgan va ehtiyojmand oilalarning oğirini yengil qilişga köplab saxovatpeşa tadbirkorlar, masʼul mutasaddilar jiddiy eʼtibor qaratişdi.
Hozirgi sinovli kunlarda savob amallar qilinişi qatorida, afsuski, yurtimizda joriy qilingan karantin qoidalarini buzayotganlar, karantin tartibiga amal qilmayotganlar ham uçrab turibdi. Albatta, bunday holatlar uçun qatʼiy javobgarlik belgilangan bölib, şunga muvofiq tartibni buzgan fuqarolarga nisbatan jazo çoralari qöllanila boşladi.
Koronavirus panemiyasiga qarşi kuraşiş ketayotgan ayni davrda belgilangan karantin qoidalari buzilişining oldini oliş maqsadida tuman Içki işlar bölimi, yöl harakati xavfsizligi guruhi, tuman Davlat soliq idorasi hamda Özbekiston Pespublikasi Milliy gvardiyasi Qoraqalpoğiston Pespublikasi Qöriqlaş boşqarmasiga qaraşli 1-Alohida otryadi muntazam ravişda aholi örtasida karantin qoidalariga amal qilinişiga doir tarğibot işlarini amalga oşirib kelmoqdalar. Tarğibot tadbirlarida fuqarolarga karantin tartiblariga amal qiliş zarurligi, karantin qoidalarini buzganlik uçun belgilangan javobgarlik tartibi tuşuntirilib, bu kabi holatlarni yuzaga keltirayotgan fuqarolarga ogohlantirişlar berilmoqda.
Şu örinda aytiş joizki, Özbekistonga koronavirus kirib kelişi munosabati bilan karantin qoidalarini mensimaslik yoki uni buzganlik uçun köriladigan çoralar qatʼiylaştirildi. Davlatimizda “Epidemiyaga qarşi kuraş qoidalarini buzganda javobgarlik kuçayişi töğrisida” qonun joriy etildi. Qonunga köra karantin qoidalarini buzganlik uçun jazo kuçaytirildi va jarimalar miqdori bir neça barobarga oşirildi.
Şuningdek, fuqarolarning sodir etgan xatti-harakati natijasida kelib çiqqan va kelib çiqişi mumkin bölgan oqibatlarning oğirligiga qarab, qonunçilikda bunday qilmişlar uçun maʼmuriy va jinoiy javobgarlik çoralari belgilandi.
Xususan, agar şaxsning karantinli va inson uçun xavfli bölgan boşqa yuqumli kasalliklar paydo bölişi hamda tarqalişi şaroitida vakolatli organning maxsus talablariga zid ravişda jamoat joylarida niqobsiz yurganligi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksiga asosan bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravarigaça miqdorda jarima (1 mln. 115 ming söm) solişga sabab böladi. Inobatga oliş kerakki, fuqarolarning tibbiyot niqoblaridan foydalaniş qoidalariga rioya qilmasligi ham mazkur normaga asosan javobgarlikni keltirib çiqaradi.
Tumanimizda olib borilayotgan tarğibot tadbirlarida insonlar jamoat joylarida niqobsiz yurmaslikka, yoş bolalarni köçaga olib çiqmaslikka, zarurat bölmaganda köçaga çiqmaslikka, gavjumlaşmaslikka çaqirilmoqda.
Açinarlisi şuki, tumanimizda karantin qoidalari va sanitariya çeklovlariga rioya qiliş yuzasidan tuşuntiriş işlari olib borilişiga qaramasdan, hamon qoidabuzarlik holatlari kuzatilmoqda.
Bunday holatlarni bartaraf qiliş va oldini oliş yuzasidan amalga oşirilayotgan tarğibot tadbirlari davomida köçada, bozor hududida niqobsiz yurgan, avtoulovlarda odamlar taşiyotgan, karantin qoidalarini buzib, özboşimçalik bilan dökonlarini oçib, savdo qilayotgan fuqarolarga ogohlantirişlar berildi. Tadbirkorlar tomonidan işlatilayotgan obektlar vaqtinçalik yopib qöyildi.
Şu örinda maʼlumot tariqasida aytiş joizki, karantin tadbirlari eʼlon qilingan vaqtdan bugungi kunga qadar respublikamiz böyiça karantin qoidalariga amal qilmaslik bilan boğliq jami – 22 286 ta holat aniqlangan. Şundan viloyatlar kesimida Qoraqalpoğiston Respublikasiga tegişli qoidabuzarliklar 784 ta holatni taşkil qiladi.
Koronavirus tarqalişining oldini olişning eng muhim şarti karantin qoidalariga qatʼiy va istisnolarsiz rioya etişdir. Aziz yurtdoşlar, barça belgilangan qoida va çeklovlarga tartibli ravişda amal qilinib, tegişli taşkilotlar talablari qatʼiy bajarilsagina, butun dunyoda tarqalayotgan uşbu virusga qarşi birgalikdagi, hamjihatlikdagi kuraşimiz samara beradi. Barçangizni şunga çaqiramiz.
Çaros Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶