25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 23:40
Jamiyat 👁 511

FAVQULODDA VAZIYaTLAP BOʻLIMI XODIMLAPI XALQ SALOMATLIGI UChUN HAP KUNI IShDA, SIZ ESA UYDA QOLIB OʻZ-OʻZINGIZNI, YaQINLAPINGIZNI ASPANG!

FAVQULODDA VAZIYaTLAP BOʻLIMI XODIMLAPI XALQ SALOMATLIGI UChUN HAP KUNI IShDA, SIZ ESA UYDA QOLIB OʻZ-OʻZINGIZNI, YaQINLAPINGIZNI ASPANG!

Insoniyat tarixida biri-biridan ayanchli oqibatlari  bilan iz qoldirgan baloi-ofatlar koʻp kuzatilgan. Urushlar, davlatlararo  nizolar, qalblarni larzaga soluvchi tabiiy ofatlar yer yuzi xalqlari boshiga mislsiz kulfatlar yogʻdirganini bilamiz. Lekin epidemik ofatlar aynan bir nuqtada boshlanib, urush yoki tabiiy ofat kabi oʻsha hududni zararlab qolmaydi, balki qoʻlsiz, oyoqsiz, shovqin-suronsiz, hech qanday sharpasiz manzil va makon tanlamay, insoniyatga beadad xavf-xatar tugʻdirishi bilan ajralib turadi. Koronavirus pandemiyasi insoniyat uchun ana shunday xavfli “dushman”dir.

Yer yuzi aholisi bu kabi “dushman” bilan har yuz yilda  bir bora duch kelayotganiga tarix guvoh, xususan, 1720-yilda – chumo (oʻlat), 1820-yilda – xolera (vabo), 1920-yilda – ispan grippi  insoniyat boshiga katta kulfatlar solgan boʻlsa, 2020-yilda – koronavirus (COVID-19) pandemiyaga aylanib ulgurdi va 2020-yilning 30-mart sanasigacha koronavirus pandemiyasi kirib borgan jami davlatlardan 33000 nafar kishi ushbu virusni yuqtirib olish oqibatida vafot etdi. Mamlakatimizda ham virusni yuqtirib olgan bemorlar soni ortib bormoqda. Bundan mustasno tarzda kasallikka chalinganlar orasidan sogʻayayotganlar ham qayd etilmoqda.

Virus tarqalishining oldini olish uchun kundan-kunga choralar qatʼiylashtirilmoqda. 24-mart kuni Toshkent  shahrini viloyatlar bilan bogʻlovchi barcha postlar yopildi. Keyinchalik Samarqand, Buxoro, Navoiy va Zarafshon shaharlari ham transport harakati uchun yopildi. Bundan avval vodiy viloyatlari va Guliston shahri ham transport yoʻlaklarini yopgan edi. 30-martdan eʼtiboran esa bir viloyatdan ikkinchi viloyatga oʻtish, shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyat markazlariga avtotransport vositalari kirish-chiqishi batamom toʻxtatilib, faqat belgilangan turdagi avtomobillar davlatning maxsus stikeri bilan harakatlanishiga ruxsat berildi. Toʻy-tantanalar, oilaviy marosimlarni oʻtkazish vaqtincha toʻxtatildi. Hatto dafn marosimlarini oʻtkazishda faqat oila aʼzolari, tugʻishgan qarindoshlargina ishtirok  etishi diniy idoralar tomonidan belgilab qoʻyildi.

Ana shunday sharoitda yurtdoshlarimizning karantin qonun-qoidalariga qatʼiy amal qilishi talab etiladi va bu talab oʻz navbatida xalqimizning salomatligini, tinch-osoyishtaligini taʼminlaydi.

Shularni inobatga olgan holda tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari tomonidan qarantin qoidalariga amal qilish, tumanimiz aholisi sanitariya-osoyishtaligini taʼminlashga qaratilgan keng miqyosli  tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xususan, boʻlim xodimlari aholi zich yashaydigan mahallalarda, oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qiluvchi doʻkonlarda, “Mangʻit dehqon bozori” hududida koronavirus infektsiyasidan saqlanish yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlarini olib borish bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilish uchun kelgan fuqarolarga koronavirus pandemiyasi va undan saqlanish boʻyicha tavsiyalardan iborat bukletlar tarqatishmoqda.

Koronavirus infektsiyasi tarqalib ketishining oldini olish boʻyicha tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi va Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik markazi xodimlari hamkorlikda Isuzu ATs-50 yongʻin oʻchirish avtomobilida “Mangʻit dehqon bozori” va tumandagi barcha jamoat transportlarida 47 ta, “Amudaryotrans”ga qarashli 42 ta, jami 156 ta jamoat avtotransportlarida har 4 soatda dezinfektsiya ishlari oʻtkazilmoqda. “Mangʻit dehqon bozori” hududidagi 1000 kvadrat metr maydonga, bozor hududidagi savdo majmualarida esa 550 kvadrat metr maydonga, tuman markaziy avtoturargohi hududida 90 kvadrat metr maydonga, shuningdek, tuman Bandlikka koʻmaklashish, Agrobank hamda tuman FVB binolari va bozor atrofidagi koʻchalarga, tuman Xalq taʼlimi boʻlimi binosi, 87 ta maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari. oila va mahallani qoʻllab-quvvatlash markazi binolarida profilaktik dezinfektsiya ishlari muntazam ravishda olib borilmoqda.

Butun dunyo xalqlari, xususan, mamlakatimiz va tumanimiz aholisi ham sinovli kunlarni boshdan kechirmoqda. Ana shunday sinovli damlarda fuqarolarimizdan zarur boʻlmagan holatda koʻchaga chiqmasliklarini, oraliq masofani saqlagan holatda soʻzlashishni, kundalik hayotda oddiy tozalik qoidalariga rioya qilishlarini soʻrab qolamiz.

Qator soha xodimlarining “Xalq salomatligini oʻylab, biz ishda qoldik, oʻz salomatligingizni oʻylab, siz uyda qoling!” degan shiorga amal qilgan holda fuqarolarimizni oʻylab, ishda qolib qilayotgan fidoyi mehnatlarini qadrlaylik.

 
B.TAJIBOYeV, tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi FVDT va FM

faoliyatini tashkil etish xavfsizlik boʻlinmasi boshligʻi, katta leytenant.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026