TUMANIMIZDA BEPUL XAYPIYa AKTsIYaLAPI TAShKIL ETILMOQDA
Insoniyat qadim zamonlardan juda koʻp yuqumli kasalliklar, epidemiyalarni boshidan kechirgan. Koʻplab elatlarga qirgʻin keltirgan ofatlardan biri boʻlgan yuqumli kasalliklarni barcha xalqlar sabr bilan yengib oʻtib, chora topishgan. Koronavirus pandemiyasi ham dunyo xalqlari boshiga kelgan jiddiy tashvish, sinovga aylandi.
Shu yil 15-mart kuni koronavirusga chalingan ilk bemor yurtimizda ham qayd etildi. Oʻn kundan ziyod vaqt oraligʻida esa ushbu mashʼum virusni yuqtirganlar soni 75 nafarga yetdi. Kasallikka chalinganlar asosan chet davlatlarda boʻlib qaytgan yurtdoshlarimiz va ular bilan yaqin muloqotda boʻlganlardir.
Keyingi kunlarda kasallik qayd etilish holati oshayotgani munosabati bilan bu chora-tadbirlar yana ham kuchaytirildi. “Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 23-mart kungi Hukumat qaroriga koʻra, mamlakatimiz hududida 2020-yil 24-martdan boshlab, koronavirus tarqalishiga qarshi kuchaytirilgan tartib joriy etildi. Unga koʻra, mamlakatimizning boshqa hududlariga tarqalishining oldini olish maqsadida Toshkent shahriga avtobus, mikroavtobus, avtotransportlar, aviaqatnov, temir yoʻl orqali kirish taʼqiqlandi. Mamlakat hududida bozorlar, umumiy ovqatlanish shohobchalari, barcha koʻngilochar maskanlar faoliyati vaqtincha toʻxtatildi, dehqon bozorlari, oziq-ovqat doʻkonlari bundan mustasno. Shuningdek, koʻchada, ishxonalarda odamlarga niqob taqib yurish majburiyligi belgilandi.
Bu boʻyicha tuman hokimligining tashabbusi bilan mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, tuman ichki ishlar, tibbiyot birlashmasi hamkorligida aholiga koronavirus infektsiyasini uy sharoitida oldini olish, gigiyena qoidalariga rioya qilish va koʻchada niqobsiz yurganlar jarimaga tortilishi haqida targʻibot tadbiri va tushuntirish ishlari olib borildi.
Yurtimiz ahli uchun sinovli davr boshlangan mana shu damlarda bepul tibbiy niqoblar aktsiyasi oʻtkazilgani, kam taʼminlangan va ehtiyojmand oilalarga bepul non va oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilayotgani juda quvonarlidir.

Shunday kunlarda tibbiy niqob tikish litsenziya talab etilmaydigan xizmat turiga oʻtkazilganligi munosabati niqob tikib, xayriya aktsiya doirasida yurtdoshlarimizga tekinga tarqatayotgan saxiy yurtdoshlarimiz, karantin tartibini nazorat qilayotgan tibbiyot, ichki ishlar, harbiy xizmatchilarga bepul yeguliklar ulashayotganlar ham talay.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tuman boʻlimi xodimlari ham buningdek xayrli ishlardan chetda qolmadilar. Ular oʻz hisoblaridan aholiga 3 ming donadan ziyod tibbiy niqoblar tarqatdilar. Tibbiy niqoblarni bepul tarqatish aktsiyasi tumanimizdagi “Javohir” xususiy tibbiy klinikasi tomonidan davom ettirildi. Klinika tibbiyot xodimlari aholiga karantin davrida juda zarur boʻlayotgan tibbiy niqoblarni bepul berib chiqishdi. Undan tashqari, koronavirus infektsiyasi va uning oldini olish haqida tushuntirish ishlarini olib borib, barcha fuqarolardan gigiyena qoidalariga rioya qilishlarini astoydil iltimos qilishdi.

Undan tashqari, tumanimizda non tayyorlash tsexini tashkil qilgan yakka tadbirkor Muhayyo Yoʻldosheva tomonidan “Mangʻit dehqon bozori” hududida aholiga bepul 1000 dona buxanka nonlar tarqatildi. Shuningdek, “Amudaryotex” xorijiy korxonasi ham tumanimizdagi kam taʼminlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj 50 ta xonadonlarga oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatdilar.
Inson hayoti doim bir xil silliq kechmaydi, baʼzan turli muammolar tufayli oilalar ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlib qoladi.
Yurtimizda koronavirus tufayli oʻrnatilgan karantin rejimi bunday oilalarga iqtisodiy qiyinchilik tugʻdirmasligi uchun ularga yordam berilib, ogʻir kunlarda xalqimiz yana ham hamjihatligini, birdamligini namoyish etmoqda.
“Amudaryotex” xorijiy korxonasi ana shunday oilalardan 50 tasiga madad boʻldi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlarini korxona direktori oʻrinbosari Omonboy Yusupov rahbarligidagi ishchi guruh aʼzolari tarqatib berdilar.

Moddiy koʻmak berilganlar orasida Mangʻit shahining Navoiy mahallasidan Muborak Namozova, Botir Seyitov, Boyovul mahallasidan Manzura Pahimova, Nozimgul Yusupova, Durunki mahallasidan Nargiza Yarjanova, Ilhom Ollaberganovlar oilalari bor.
Bu kabi xayrli ishlar yurtimizda koʻplab amalga oshirilmoqda. Ushbu sinovli kunlarni oʻzlarining aql-zakovati, birdamligi va ahilligi bilan yengishga intilayotgan xalqimiz shifokorlar yoʻl-yoʻriqlariga amal qilishmoqda, oilasi bagʻrida qolib, farzandlari tarbiyasi bilan shugʻullanishmoqda.
Biz ishonamizki, yurt boshiga tushgan bugungidek sinovli kunlarni xalqimiz birdamligi, yuksak insoniy fazilatlari bilan yengib oʻtadi.
Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶