“YoŞ KITOBXON” KÖRIK-TANLOVINING MAKTAB BOSQIÇI ÖTKAZILDI
Kitob – insonni nafaqat maʼnaviy yetuklik sari undaydi, balki uning dunyoqaraşini şakllantirib, qalbida ezgu işlarga rağbat uyğotadi. Kitob bilan oşno bölgan inson qanday davrada bölmasin özining muomalasi va madaniyati bilan boşqalardan ajralib turadi. Şuning uçun ham Prezidentimiz yoşlar örtasida kitobxonlik muhitini yaratiş, mutolaa madaniyatini şakllantirişga alohida eʼtibor qaratiş zarurligini maʼnaviy-maʼrifiy sohaning eng muhim yönalişi sifatida eʼtirof etdilar. Şu bois, 5 ta muhim taşabbusning törtinçisi yoşlar kitobxonligini rivojlantirişga qaratildi. Mamlakatimizda bu borada amalga oşirilayotgan işlar ham öz samarasini berayotgani quvonarli. Çunki bugungi kunda eng çekka qişloqlarda ham “Xalq kutubxonalari” faoliyat olib bormoqda va bu kutubxonalarning aʼzolari ham asosan yoşlardir.
Bizning 53-sonli umumtaʼlim maktabimizda ham yoşlar kitobxonligini rivojlantirişga alohida ahamiyat berilayotgani bois, öquvçi-yoşlar orasida kitobxonlar safi kun sayin oşib bormoqda. Maktabimizning deyarli 70-80 foiz öquvçilari maktab kutubxonasining faol aʼzolari böliş bilan birga öz şaxsiy kitob javonlarini ham taşkil etişgan.
Yaqinda maktabimiz öquvçilari örtasida “Yoş kitobxon” körik-tanlovi ötkazildi. Körik-tanlovga 5-11-sinflar öquvçilari qamrab olindi. Öquvçilarning mazkur körik-tanlovda faol iştirok etişlarini taʼminlaş maqsadida öqituvçilar Ötkirbek Jiyanov va Jörabek Bekçanovlar ÖzYoI boşlanğiç taşkiloti yetakçisi Ikrom Qurbonboyev hamda maktab kutubxonaçisi Manzura Otajonovalar bilan hamkorlikda iş olib borişdi. 5-sinfdan 11-sinfgaça bölgan öquvçilar örtasida kitobxonlik böyiça tarğibot-taşviqot işlarini yölga qöyişgani esa juda yaxşi natija berdi. Bundan taşqari, tuman Xalq taʼlimi bölimi mudirining örinbosari Rahmatulla Matqurbonov “Yoş kitobxon” körik-tanlovining maktab bosqiçini taşkil etişda yaqindan yordam körsatib, tadbirning şaffof va adolatli ötişini taʼminlagani ğolib kitobxonlarni aniqlaşda muhim ahamiyatga ega böldi.
“Yoş kitobxon” tanlovining maktabda ötkazilgan ilk bosqiçi qiziqarli bahslarga boy böldi. Yoş kitobxonlar körik-tanlovning barça şartlarini zukkolik bilan bajarişga harakat qildilar. Berilgan barça savollarga aniq va puxta javob bergan, tanlov şartlarini aʼlo darajada uddalagan bilimdon kitobxonlar aniqlandi. Ğoliblar körik-tanlov taşkilotçilari tomonidan munosib taqdirlandilar va eng yaxşi kitobxonga körik-tanlovning keyingi bosqiçiga yöllanma berildi.
Bahrom Jiyanov,
53-sonli maktab öqituvçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶