25.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
25.09.2026, 23:41
Jamiyat 👁 481

Tuman hokimligida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

Tuman hokimligida koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olishga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi

Mamlakatimizda bugungi kunda butun dunyoni sarosimaga solayotgan koronavirus pandemiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda barcha oʻquv muassasalarida karantin holati joriy qilindi, respublika aholisiga zaruriyatsiz uydan chiqmaslik tavsiya etildi. Koʻchalar va jamoat joylarida niqob taqib yurish majburiyligi belgilandi. Xorijiy davlatlar bilan havo va avtomobil tashishlar cheklandi, chegara oʻtkazish punktlari yopildi. 23-martdan boshlab esa poytaxtimizdagi barcha korxona va muassasalar, asosiy faoliyatini olib borishni saqlab qolgan holda, xodimlarni mehnat taʼtiliga yoki masofadan turib ishlash rejimiga oʻtkazishlari tavsiya etildi. Ishlashni davom ettiradiganlar uchun esa ish paytida niqob kiyib yurishlari shartligi belgilandi. Qoidabuzarlarga intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi koʻrsatib oʻtildi.

Bundan tashqari, soʻnggi kunlarda chet eldan kelgan va kasallikni yuqtirgan fuqarolar bilan aloqada boʻlgan shaxslarni izolyatsiya qilish va karantin holatida ushlab turish uchun barcha profilaktika muassasalari va sanitariya-epidemiologiya nazorati organlari safarbar qilindi, shifokorlar kasalxonalarda 24 soat navbatchilik qilishmoqda.

Bu borada tumanimizda ham qator choralar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 23-mart sanasida tuman hokimligining majlislar zalida pandemiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar hamda qilinishi lozim boʻlgan vazifalarni belgilab olish maqsadida yigʻilish oʻtkazildi.

Aytish joizki, tuman hokimi – Fuqaro muhofazasi boshligʻining tuman Epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining majlis bayoniga asosan tuman hududiga koronavirus infektsiyasi kirib kelishining oldini olish chora-tadbirlari dasturini tayyorlash hamda idora-tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish shtabi tarkibi tasdiqlanib, oʻz ishini boshlagan edi.

Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining boʻlim boshligʻi Ulugʻbek Masharipov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, hokim oʻrinbosarlari, hokimlik masʼullari hamda tashkil etilgan shtab aʼzolari ishtirok etdilar. Tuman hokimi hamda maxsus shtab bilan birga epidemiyaga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Yigʻilishda soʻzga chiqqanlar taʼkidlaganidek, yurtimizda aholi oʻrtasida koronavirus infektsiyasi boʻyicha epidemiologik barqarorlikni taʼminlashga yoʻnaltirilgan barcha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlar xalqaro tibbiy sanitariya talablari asosida amalga oshirilmoqda.

Mamlakatimiz boʻylab oʻtkazilayotgan karantin choralari kasallikning keskin oʻsib ketishining oldini olishga, shuningdek, tibbiy yordamga muhtoj odamlarning sogʻliqni saqlash tizimi imkoniyatlaridan toʻlaqonli foydalana olishlari uchun imkon yaratadi. Karantinga rioya qilmaslik – nafaqat oʻzi, balki oila aʼzolari, yaqinlari, atrofidagilari uchun kasallikni yuqtirib olish xavfini keltirib chiqaradi.

Aytish kerakki, yurtimiz aholisining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va xavfsizligini taʼminlash, koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olishda mutasaddi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hamda tashkilotlarning faoliyati muvofiqlashtirilgan holda tashkil etilmoqda. Mamlakatimiz fuqarolarining hayoti va sogʻligʻini muhofaza qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori va boshqa qonun hujjatlarida belgilab berilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oʻz navbatida aholi vakillari ham joriy etilgan karantin holatlariga amal qilishi, ushbu epidemiya tarqalishining oldini olishga barcha birdek oʻz hissasini qoʻshishi lozimligini his qilishi kerak.

Shuni taʼkidlash lozimki, nafaqat koronavirus, balki barcha yuqumli kasalliklarning oldini olishning eng samarali usuli bu – shaxsiy va jamoat gigiyenasi qoidalariga qatiy amal qilish, aholi oʻrtasida sanitariya-targʻibot ishlarini tashkil etishdan iboratdir.

Yuqumli kasalliklarning oldini olish, nafaqat tibbiyot xodimlarining vazifasi, balki oʻzini, oila-aʼzolarini, Vatanimizning ertangi kuni, kelajagi boʻlmish farzandlarimizning sogʻligʻi uchun qaygʻurgan barcha fuqarolarimizning sharafli burchidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026 Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi ▶ Elektr tarmoqlari filialida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama etildi 02.09.2026