16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:14
Jamiyat 👁 183

BOLALAR ONAJONLARI VA BUVIJONLARIGA ShODLIK ULAShDILAR

BOLALAR ONAJONLARI VA BUVIJONLARIGA ShODLIK ULAShDILAR

Har gal bahor fasli oʻzining biri-biridan dilbar bayramlari, koʻngilochar tadbirlari, ayniqsa, yashnash-yasharish fasli - Navroʻzona qadriyatlar madh etiluvchi turli xil adabiy-badiiy, musiqiy kechalari bilan xalqimiz qalbiga olam-olam zavq bagʻishlaydi.

Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi tumanimizda ham bahorning ilk kunlaridan tantanalar, tadbirlar boshlab yuborildi. Oilalarda, mahallalarda, umumtaʼlim maktablarida, idora va tashkilotlarda sogʻinib kutilgan bahorni, Ayolni, Navroʻzi olamni sharaflovchi sheʼr-u qoʻshiqlar, ezgu tilaklar jarangladi.

36-sonli umumtaʼlim maktabida esa bu nafosatli ayyomni 2-“B”sinf oʻquvchilari boshlab berishdi. “Onajonim – Onam!” deb nomlangan adabiy-musiqiy tadbirga oʻquvchilar oʻz ustozlari Saragul Yusupova bilan puxta taraddud koʻrdilar. Bayram oʻtkaziladigan xona Onani, Ayolni sharaflovchi shiorlar, gullar, bahor koʻkatlari bilan bezatildi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchisi Saragul Yusupova ayolning nafosati va nazokati, vafo va sadoqati, aql-zakovati va fidoyiligi asrlar mobaynida yer yuzida hayot davomiyligi va abadiyligiga asos boʻlib kelayotganligini gapirdi. Dunyodagi eng buyuk sanʼat asarlari, qoʻshiq va qasidalar, meʼmoriy obidalar onalar, ayollar shaʼniga bagʻishlanganini,  yurtimizda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish, oila mustahkamligini taʼminlash davlat siyosati darajasida ekanligini faxr bilan toʻlqinlanib soʻzladi.

Shundan soʻng, bolajonlar oʻz onalariga bagʻishlab, sheʼr va qoʻshiqlar kuyladilar. Oʻquvchilardan Zilolaxon Adilova, Behzodjon Rahimboyev, Farangiz Aminboyeva hamda Boburjon Qadamboyevlar tomonidan ijro etilgan ashula va raqslar, ona soʻzi ishtirokidagi sheʼrlar, maqol va hikmatlar barchaning qalbiga quvonch va hayajon bagʻishladi.

Oʻquvchilar taniqli oʻzbek shoirlari qalamiga mansub sheʼrlarni ifodali oʻqiganlarida ularning aziz onajonlari hayajon bilan tingladilar. Muhtarama onaxonlarga sheʼriy tilaklar bildirgan oʻgʻil-qizlarning ijrolaridan bayram ishtirokchilari boʻlgan onajon va buvijonlar qalblari cheksiz quvonchlarga toʻldi.

Ayniqsa, “Onajonim”, “Buvijonim” qoʻshiqlari oʻquvchilarning onalari va buvijonlari uchun haqiqiy bayram sovgʻasi boʻldi.

Onaning oʻz farzandiga mehr-muhabbatini quyosh taftiga qiyoslaydilar. Farzandning onaga boʻlgan mehri ham shu qadar buyuk boʻlmogʻi uchun farzand oʻz ota-onasi oldidagi burch va masʼuliyatlarini chuqur anglab yetmogʻi joiz. Xususan, u goʻdakligida onasi uzun tunlarni bedor oʻtkazib, yoshligini, kuch-quvvatini oʻgʻil-qizlari kamoloti uchun baxsh etganini har bir farzand yurakdan his etib, bu buyuk zotning  qadrini dunyoning hamma moddiyatlaridan baland tutmogʻi lozimligini oʻquvchilar oʻzlari oʻqigan sheʼrlar, kuylagan qoʻshiqlari orqali ifodalab berishgani barchaga manzur boʻldi.

Tadbirning musiqiy qismi yanada hayajonli quvonchli lahzalarga boy tarzda oʻtdi. Bolalar “Andijon polkasi” “Lazgi” kuylariga raqslarga tushdilar. Yuzlarida quvonch va baxtiyorlik aks etib turgan bolalar ijrosidagi shoʻx raqslar barchaga xush kayfiyat bagʻishladi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026