16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 05:19
Jamiyat 👁 379

Ishchi guruh tumanimiz yoshlarining tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Ishchi guruh tumanimiz yoshlarining tadbirkorlik faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyatini boshlagandan soʻng, yoshlar bilan bogʻliq eng muhim masalalarni belgilab olgan holda muammolarga yechim topish yoʻlidan bordi. Yoshlar bandligini taʼminlash ana shunday dolzarb masalalardan biri edi. Turli loyihalar, uzoqni koʻzlab qilingan chora-tadbirlar natijasi bugun anchagina sezildi. Buni yoshlar bandligini taʼminlash borasida olib borilgan ishlarni tahlil qilgan holda anglab etish qiyin emas.

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi yoshlar bandligini taʼminlash boʻyicha bir qator yangi loyihalar ham ishlab chiqdi. Ustoz-shogird anʼanasiga koʻra, hunarmandchilik, kasanachilikka jalb etish, mehnat yarmarkalari tashkil qilish bilan ish topa olmayotgan yoshlarga yordam berish, "Har bir yoshga – bir gektar" loyihasi orqali yoshlarni fermerlarga biriktirish hamda dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yerlarida bandligini taʼminlash, “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi va “Har bir oila – tadbirkor” Davlat dasturlari doirasida ajratilgan imtiyozli kreditlar orqali yaratilgan yangi ish oʻrinlariga joylashtirish bu boradagi salmoqli ishlardan sanaladi.

Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi tomonidan joriy yilda ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash borasida tumanlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan ishchi guruh 19-mart sanasida Amudaryo tumanida boʻldi.

Ishchi guruh tumanda 2020-yilning shu davrigacha bu borada amalga oshirilgan samarali ishlar bilan yaqindan tanishdi. Guruh aʼzolari joriy yilda bandligi taʼminlangan yoshlarning ish faoliyati bilan tanishib, ularning takliflari, kelgusidagi rejalari hamda yoshlarimizni qiynayotgan muammolarni oʻrgandi.

Taʼkidlash joizki, bugungi kunda yoshlarni maʼnaviy yetuk va jismonan sogʻlom, vatanparvar va fidoyi qilib tarbiyalash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirildi. Joylarda, avvalambor chekka hududlarda istiqomat qilayotgan koʻp sonli yoshlarning oʻz iqtidor va isteʼdodini roʻyobga chiqarishi, tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi uchun keng sharoitlar yaratilmoqda hamda shu orqali yoshlarni turli zararli illat, yot gʻoyalar taʼsiridan himoya qilish, yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishga katta eʼtibor qaratilmoqda.

Maʼlumot tariqasida aytish kerakki, joriy yilda tumanda 744 nafar yoshlarning bandligini taʼminlash rejalashtirilgan boʻlib, 18-mart kuni holatiga 210 nafar yoshlarning bandligini taʼminlashga erishildi.

Xususan, joriy yilning mart oyida tumanimizdagi Olmazor mahallasida yashovchi ana shunday yoshlardan  biri boʻlgan Sanjar Qazaqboyev va Beshovul mahallasida istiqomat qiluvchi Anvarbek Ashirovlarning oʻz bandligini taʼminlash maqsadidagi loyihalariga "Yoshlar – kelajagimiz" Davlat dasturi asosida mini futbol maydonchasini qurish uchun yer maydoni ajratilgan boʻlib, ishchi guruh aʼzolari ushbu qurilish maydoniga tashrif buyurdi.

Shuningdek, ana shunday tashabbuskor yoshlarimizdan Oxunjon Madrahimovning chorvachilikni rivojlantirish maqsadidagi loyihasi uchun "Yoshlar - kelajagimiz" davlat dasturi asosida 288 mln. kredit mablagʻlari ajratilgan boʻlib, yosh tadbirkor 30 bosh naslli chorva mollarini sotib olib, oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlagan. Oxunjon Madrahimovning tashabbusi bilan 4 nafar yoshning bandligi taʼminlangan boʻlib, ishchi guruh aʼzolari yosh chorvachilarning ish faoliyatlari bilan yaqindan tanishdi.

Bundan tashqari, Bekzod Nuraddinovning ham tadbirkorlik loyihasi qoʻllab-quvvatlanib, unga 2020-yil fevral oyida "Xar bir oila tadbirkor" davlat dasturi asosida 30 mln. soʻm miqdorida kredit ajratilgan hamda 2 nafar yoshlar uchun yangi ish oʻrinlari yaratilgan qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻygan. Ishchi guruh aʼzolari yosh tadbirkorning faoliyati bilan yaqindan tanishib, yanada rivojlantirish boʻyicha taklif va fikrlar bildirdilar.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026