Muddatli harbiy xizmatga qabul qilingan chaqiriluvchilar armiyaga kuzatilmoqda
Ona Vatan tinchligini asrash, sarhadlarni himoya qilish va qoʻriqlash har bir yigit, mard oʻgʻlonlar uchun muqaddas burch sanaladi.
Bu yil chaqiriluvchilarni harbiy xizmatga chaqirish jarayoni ham yangicha tizimda tashkil etildi. Muddatli harbiy xizmatga saralash uchun 2019-yil 10-avgustdan boshlangan jarayonda chaqiriluvchilar oʻrtasida tanlov oʻtkazilib, ularning umumjismoniy tayyorgarligi aniqlandi. Shuningdek, kasbiy tanlov boʻyicha sinovlar hamda yakka tartibda suhbatlar oʻtkazildi. Ular orasidan saralab olingan yigitlar esa tuman butlash komissiyalarida tegishli tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi.
Prezidentimizning “2020-yil fuqarolarni muddatli harbiy va muqobil xizmatlarga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervi xizmatiga olish boʻyicha komissiyalar faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi” Qarori asosida 2-martdan 30-aprelga qadar fuqarolarni muddatli harbiy, muqobil xizmatga chaqirish va safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatiga tayinlash tadbirlari olib boriladi.
Tuman hududiy komissiyasi tomonidan safarbarlik chaqiruv rezervi xizmatiga tayinlash ishlari ham qizgʻin ravishda olib borilmoqda. Bugungi kun holatiga 250 nafar chaqiriluvchi SChR xizmatiga tayinlandi va hozirda ular toʻlanadigan pul badallarini Xalq bankiga oʻtkazishni boshladilar.
Tuman boʻyicha muddatli harbiy xizmatga umumiy hisobda 103 nafar chaqiriluvchi Havo hujumidan mudofaa qoʻshinlari, Milliy gvardiya, Davlat xavfsizligi xizmati, Chegara qoʻshinlari, IIV qorovul qoʻshinlari tarkibiga tayinlandilar. Chaqiriluvchilar navbati bilan Respublika butlash komissiyasi tomonidan muddatli harbiy xizmatga joʻnatila boshlandi.
Yaqinda joriy yilgi chaqiruv mavsumida muddatli harbiy xizmatga qabul qilingan yigitlarning dastlabki guruhi xizmatga kuzatildi. Xizmatga otlangan yigitlarni kuzatish munosabati bilan oʻtkazilgan marosimda Shimoli-Gʻarbiy harbiy okrug Qoʻshinlari Qoʻmondonligi masʼullari, tuman Mudofaa boʻlimi, turli jamoat tashkilotlari vakillari hamda chaqiriluvchilarning ota-onalari ishtirok etdilar.
Qurolli Kuchlarimiz saflarida xizmat qilish nafaqat konstitutsiyaviy burch, balki qatʼiy maqsad, yuksak maʼnodagi shon-sharafdir.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶