Boşlanğiç sinf öquvçilari iştirokida kitobxonlik tarğibotiga bağişlangan tadbir ötkazildi
Kitob inson maʼnaviyatini yuksaltirişning eng asosiy vositasi hisoblanadi. Köp kitob mutolaa qilgan insonning aql-u, zakovati, fikrlaş doirasi, dunyoqaraşi boşqalarnikidan tubdan farq qiladi. Kitob öqiş insonni maʼnaviy soğlom, barkamol şaxs bölib şakllaniş sari olib boradi.
Qolaversa, inson uçun hayot deya atalmiş uzoq safarda, eng yaqin yöldoş, hamroh, eng yaxşi döst ham kitobdir.
Yurtimizda yoş avlod maʼnaviyatini yuksaltiriş, farzandlarimizni kitob öqişga keng jalb qiliş, şu orqali kitobxonlikni keng tarğib qilib, ularning turli yot ğoyalar taʼsiriga tuşib qolişlarining oldini oliş hamda yoş avlodni kelgusida Vatan ravnaqiga munosib hissa qöşadigan komil inson qilib tarbiyalaş bugungi kundagi eng ustuvor vazifalardan biriga aylangan.
Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan beşta muhim taşabbus ğoyasidagi törtinçi taşbbus ham aynan şu maqsadga yönaltirilgan. Muhtaram Prezidentimizning yoşlar maʼnaviyatini yuksaltiriş, ularning madaniyat va sportga bölgan qiziqişlarini yanada oşiriş, yoşlar örtasida kitobxonlikni keng tarğib qiliş hamda xotin-qizlar bandligini taʼminlaşga qaratilgan uşbu beşta muhim taşabbusni aholi, ayniqsa, yoşlar örtasida keng tarğib qiliş maqsadida tumanimizda ham qator işlar amalga oşirilmoqda.
Tumanimizdagi 19-sonli umumtaʼlim maktabida “Beş taşabbus” tarğibotiga bağişlangan tadbir bölib ötdi. Maktabning 1-“B” sinf öquvçilari hamda sinf rahbari Gulsanam Jumatova taşabbuskorligida taşkil qilingan tadbirda öquvçilarning ota-onalari ham qiziqiş bilan iştirok etişdi.
Yurtboşimizning “Kitobsiz kelajak yöq. Yoşlarni kitobga, kitobxonlikka qaytariş kerak” degan sözlari şior qilib olingan kitobxonlik tadbirini jajji bolajonlar kitob haqidagi ajoyib şeʼrlar bilan boşlab berdilar. Alifbe kitobidagi harflarni örganib, endilikda öqiş va yoziş savodxonligini egallay boşlagan jajji bolajonlar tomonidan aytilgan kitobxonlik, mutolaaning ahamiyati haqidagi ajoyib şeʼrlar tadbir iştirokçilarida kitobga bölgan mehrlarining yanada oşişiga sabab bölgan bölsa ajab emas. Jajji öquvçilarning sinf rahbari Gulsanam Jumatova ham beşta muhim taşabbus, yoş avlodning komil insonlar bölib voyaga yetişlari uçun yurtimizda yaratilayotgan imkoniyatlar, şart-şaroitlar haqida öz fikr-mulohazalarini bildirib ötdi.
Şundan keyin sinfning jajji öquvçi qizaloqlari tomonidan ajoyib raqs ijro etildi. Mahorat bilan ijro etilgan raqs tadbir iştirokçilariga kötarinki kayfiyat bağişladi.
Tadbirda iştirok etgan ota-onalar farzandlarining bilim örganişga bölgan iştiyoqini, kitobxonlikka bölgan munosabatini, mutolaaga qiziqişlarini körib behad mamnun böldilar. Öz örnida ularni bilim dunyosi sari boşlagan, har biriga astoydil harf örgatgan, mehrini ham, bilimini ham ayamagan qalbi quyoş ustozlarga minnatdorçiliklarini bildirdilar.
Tadbir yakunida ota-onalar sinf kutubxonasiga bir-biridan qiziqarli bölgan turli xil kitoblar sovğa qildilar.
Çaros Arslonova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶